Page 753 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 753

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Turistik  industriya  –  turistik  faoliyatning  turistlarga  xizmat
             ko‘rsatishni taʼminlovchi turli subyektlari (mehmonxonalar, turistik
             komplekslar, kempinglar, motellar, pansionatlar, umumiy ovqatla-
             nish, transport korxonalari, madaniyat, sport muassasalari va
             boshqalar) majmui.

                To‘g‘ridan-to‘g‘ri  investitsiyalar  – xalqaro investitsiyalarning
             ka tegoriyasi bo‘lib, bunda bir iqtisodiyotning rezidenti (to‘g‘ridan-
             to‘g‘ri investor) boshqa iqtisodiyotning rezidentidan (to‘g‘ridan-to‘g‘ri
             investitsiya kiritilgan korxona) unda uzoq muddat davomida faoliyat
             yuritish  uchun  ulushlarni  sotib  oladi.  To‘g‘ridan-to‘g‘ri  investor
             kompaniyaning ovoz berish huquqini beruvchi oddiy aksiyalarining 10
             foizidan kam bo‘lmagan ulushiga yoki aksiyadorlik jamiyati shaklida
             bo‘lmagan kompaniyada mos ulushga egalik qiladi. “To‘g‘ridan-to‘g‘ri
             investitsiyalash”  tushunchasi  o‘zaro  bog‘liq  korxonalar  o‘rtasida

             mablag‘ va moddiy resurslar kiritilishini ham qamrab oladi (korxonalar,
             ularning filiallari va bosh ofislari o‘rtasidagi kapital investitsiyalar).
             To‘g‘ridan - to‘g‘ri investitsiyalar aksiyadorlik kapitali, reinvestitsiya
             qilingan daromad va boshqa daromadlarni o‘z ichiga oladi.
                To‘lov balansi – maʼlum bir davr mobaynida rezident va norezi-
             dentlar o‘rtasidagi iqtisodiy operatsiyalarni umumlashtirgan ko‘ri-
             nishda  aks  ettiruvchi  tizimlashtirilgan  makroiqtisodiy  va  statistik

             hisobot.  Maʼlumotlar  TBQ6  asosida  hisob  yuritishning  standart
             qoidalari va tamoyillariga muvofiq tuziladi va tasniflanadi.
                To‘g‘ri  mahsulot  –  bu  isteʼmolchining  ehtiyojlarini  qondira
             oladigan, raqobatlashayotgan mahsulotga nisbatan yaxshilangan
             qiymatga ega bo‘lgan, joriy xarajatlarni qoplash uchun daromadlarga
             ega bo‘lish va yetarlicha foyda olish imkonini beruvchi mahsulotdir.
                Tovar belgisi – bu biror ishlab chiqaruvchining tovar va xizmatlarini
             boshqa  ishlab  chiqaruvchining  o‘xshash  tovar  va  xizmatlaridan
             farqlash uchun mo‘ljallangan original grafik tasvir, raqam, harf yoki

             so‘zlarning birikmasidir.
                Talabgor – davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan
             va  tenderda  ishtirok  etishdan  manfaatdor  bo‘lgan,  O‘zbekiston
             Respublikasining  yoki  chet  davlatning  qonunchiligiga  muvofiq

                                                  752
   748   749   750   751   752   753   754   755   756   757   758