Page 3 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 3

UO’K: 043.28.415

                   Ushbu  o’quv  qo‘llanma  qishloq  xo‘jalik  oliy  o‘quv  yurtlarida  agrokimyo  va
            agrotuproqshunoslik,  tuproq  bonitirovkasi  va  yer  resurslaridan  foydalanish  ta’lim
            yo‘nalishlari  bo‘yicha  tahsil  olayotgan  talabalar  uchun  mo‘ljallangan  bo‘lib,
            shuningdek,  undan  magistrlar,  katta  ilmiy  xodim  izlanuvchilar,  mustaqil
            tadqiqotchilar,  oliy  va  o‘rta-maxsus  bilim  yurtlari  o‘qituvchilari,  ilmiy  tekshirish
            institutlari ilmiy  xodimlari, qishloq  xo‘jaligi  sohalari  mutaxassislari  foydalanishlari
            mumkin.
                   O’quv  qo‘llanma  qabul  qilingan  uslublar  asosida  yozilgan.  Ushbu  o’quv
            qo’llanmada amaliy va laboratoriya  mashg’ulotidan iborat bo‘lib:
                   -  tuproqning mexanik tarkibini o’rganishni qishloq xo’jaligidagi ahamiyati;
                   -  tuproqning  disperslik  va  strukturalilik  koeffitsienti  (soni)ni  hisoblash  yo’li
            bilan aniqlash;
                   -  tuproq strukturasini tiklashning usullari va sharoitlari;
                   -  tuproqq strukturasini tiklashning sun’iy usullari;
                   -  tuproq namligini aniqlashda zamonaviy asboblardan foydalanish;
                   -  tuproqning nam sig’imini aniqlash usullari;
                   -  tuproq issiqlik rejimini o’rganish usullari;
                   -  tuproq sho’rlanishini aniqlashning elektrokonduktrometrik usuli;
                   -  tuproq  magnitliligini  o’lchash  usullari,  shuningdek,  ushbu  xossalarning
            ahamiyati va ularni aniqlash usullariga oid ma’lumotlar batafsil yoritilgan.

                   -  dala sharoitida tuproq mexanik tarkibini aniqlash usullari;
                   -  laboratoriya sharoitida tuproq mexanik tarkibini aniqlash usullari;
                   -  tuproqning hajm, solishtirma og‘irligini va g‘ovakligini aniqlash usullari;
                   -  tuproq  plastikligini  aniqlash.  plastiklikning  quyi  va  yuqori  chegarasini
            hamda miqdorini hisoblash yo‘li bilan aniqlash;
                   -  D.G.Vilenskiy usuli bo‘yicha suvga chidamli agregatlar holatini aniqlash;
                   -  tuproqning mikroagregat tarkibini aniqlash;
                   -  tuproqning  gigroskopik  va  maksimal  gigroskopik  namligi  va  so‘lish
            namligini aniqlash;
                   -  tuproqning  suv  o‘tkazuvchanligi  va  suv  ko‘taruvchanlik  qobiliyatini
            aniqlash.
                      Shuningdek, o’quv qo’llanmada “Tuproq fizikasi va iqlimshunosligi” fanini
            mukammal  o‘rganish  asosida  tuproq  unumdorligini  hamda  asosiy  qishloq  xo‘jaligi
            ekinlari  hosildorligini  oshirish  va  saqlash  kabi  masalalarni  hal  qilishga  qaratilgan
            tadbirlar  to‘g‘risida  fikr  yuritilgan  va  respublikamiz  hududida  keng  tarqalgan
            sug‘oriladigan va lalmi tuproqlarning ayrim fizik xossalariga oid ma’lumotlar bayon
            etilgan.


            Taqrizchilar:  U.Norqulov  –  Tosh  DAU  Dehqonchilik  va  melioratsiya
                                kafedrasi professori, qishloq xo’jalik fanlari doktori (DSc)
                                G.M.Nabieva  –  UzMU  Tuproqshunoslik  kafedrasi  dotsenti,
                                biologiya fanlari doktori (DSc)
   1   2   3   4   5   6   7   8