Page 5 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 5

TUPROQQNING MEXANIK TARKIBINI O’RGANISHNI QISHLOQ
                                         XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI

                   Respublikamiz hududida etishtiriladigan asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari bilan
            band bo’lgan tuproq tiplari, tipchalarining agrokimyoviy va agromeliorativ xossalari
            va  ularni  boshqarishga  qaratilgan  agrotexnik  va  gidrotexnik  tadbirlar  to’g’risida
            tavsiyalar chop etilgan bo’lsada, tuproqlar unumdorligini boshqarishda fizik xossalar
            va tartibotlarning ahamiyati, ularni boshqarish tadbirlari kam yoritilgan. Vaholanki,
            tuproq     qatlamlarida      kechayotgan       suv-oziqa-havo       almashinishi      faqatgina
            tuproqlarning  fizik  ko’rsatkichlaridan  mexanik  tarkibi,  makro-  va  mikroagregatlik
            holati, zichligi, qattiqligi va g’ovakligiga bog’liq.
                   Respublikamizning  Toshkent,  Samarqand,  Qashqadaryo  va  Farg’ona  vodiysi
            viloyatlarida  keng  tarqalgan  o’rta  va  og’ir  qumoqli  mexanik  tarkibli  va  sug’orish
            bilan band bo’lgan to’q tusli va tipik bo’z tuproqlar qishloq xo’jaligi asosiy ekinlari
            uchun maqbul fizik tartibotlarni (suv, oziqa va havo almashinishi) vujudga keltirsa,
            xuddi shunday tartib cho’l mintaqasida keng tarqalgan taqirli, taqir, hattoki sur tusli
            qo’ng’ir va o’tloqi allyuvial tuproqlarda aksincha, qiyin meliorativ holatlarni vujudga
            keltirishi mumkin. Chunki bu tuproqlar uchun xos  bo’lgan xususiyat ularning u yoki
            bu darajada sho’rlanganligi va gipslashganligidadir. Ma’lumki, sho’r yuvish jarayoni
            og’ir mexanik tarkibli, ayniqsa gipslashgan tuproqlarda juda sekin ketadi. 1-jadvalda
            respublikamizda  uchraydigan  fizik  va  meliorativ  xossalari  va  tadbirlari  jihatdan
            yomon  bo’lgan  turli  darajada  va  qalinlikdagi  gipslashgan  tuproqlar  maydoni

            keltirilgan.
                                                                                                    1-jadval
                        Respublikadagi tarqalgan gipslashgan  yer maydonlar, ga hisobida

                Viloyatlar nomi                               Gipslashgan  yerlar
                                              Jami                         Shu jumladan
                                                               Kam           O’rtacha          Kuchli
              O’zbekiston respub             291469           234072           48375            9022
             Qoraqolpog’iston res            136059           129787           6272               -
                     Andijon                 26141             15034           9291             1816
                     Buxoro                   2519             1388             202             929
                      Jizzax                 17823             12424           4930             469
                     Navoiy                   9787             5157            2194             2436
                   Namangan                  15037             8458            6264             315
                   Samarqand                  4433             4173             255               5
                    Sirdaryo                 40161             22743           14405            3013
                  Surxandaryo                 6024             5831             192               -
                    Toshkent                   931              543             388               -

                    Farg’ona                 15002             12180           2783              39
                     Xorazm                     -                 -               -               -
                  Qashqadaryo                17552             16354           1198               -
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10