Page 10 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 10

1-rasm. Xorazm vohasi tuproqlarining mexanik tarkib bo‘yicha xarita sxemasi:
                 1-qumloq va engil qumoq; 2-o‘rtacha qumoq; 3-og‘ir qumoq, ba’zan soz; 4-pastga tomon
                og‘irlashuvchi qatlamli tuproq; 5-pastga tomon engillashuvchi qatlamli tuproq; 6-skeletli; 7-
                      Daudan daryosi va daryolik eski qumlari;8-qoraqum qumli tuproq; 9-suv sathi.

                   Mexanik  tarkib  muhim  meliorativ  ko‘rsatkichdir.  Bajarilishi  shart  bo‘lgan
            hamma meliorativ tadbirlar (sho‘r yuvish, qayta sho‘rlanishga qarshi kurashish, zovur
            tarmoqlarini o‘tkazish va hakozo) tuproqning mexanik tarkibi ma’lumotlari asosida
            amalga  oshiriladi.  Hozirgi  vaqtda  tuproqning  mexanik  tarkibini  har  tomonlama  va
            chuqur o‘rganish natijasida mexanik tarkibni aks ettiruvchi xaritalar tuzish maqsadga
            muvofiq hisoblanadi.
                   Bu  xaritalarning  tuzilishi,  albatta,  agrotexnik  va  meliorativ  tadbirlarni  ishlab
            chiqishda asosiy material bo‘lib xizmat qiladi.
                   Mexanik  tarkib  tuproqlarga  baho  berishda  (bonitirovka)  asosiy  ko‘rsatkich
            hisoblanadi. Bunda tuproqlarning qaysi iqlim-tuproq sharoitida rivojlanishiga qarab
            ma’lum bir mexanik tarkib (qumloq, qumoq va h.k.) asos qilib olinadi.
                   Shuni  ta’kidlash  kerakki,  tuproqning  kimyoviy  tarkibi,  ayniqsa,  uning
            singdirish sig‘imi, chirindining miqdori va boshqalar, albatta, mexanik tarkibga juda
            bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
                   Xullas,  mexanik  tarkib  tuproqdagi  butun  jarayonlarni  boshqarishda  ishtirok
            etadi, o‘z navbatida tuproqdan foydalanish sohasida zarur bo‘lgan butun tadbirlarni
            ishlab chiqishda asosiy ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.

                   Mustaqil ishlash uchun savollar:
            1. Mexanik elementlarning kelib chiqishi va tarkibi haqida nimalarni bilasiz?
            2. Mexanik elementlarining asosiy xossalariga nimalar kiradi?
            3. Tuproq mexanik elementlari tarkibini o‘rganishdan asosiy maqsad nima?
            4.  Oxotin,  Sibirsev,  Zaxarovlar  tomonidan  tuzilgan  mexanik  elementlar
            klassifikatsiyalarining bir-biridan farqi va asosiy kamchiliklari nimadan iborat?
   5   6   7   8   9   10   11   12   13   14   15