Page 11 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 11

TUPROQNING DISPERSLIK VA STRUKTURALILIK VA KOEFFITSIENTI
                             (SONI)NI HISOBLASH YO’LI BILAN ANIQLASH

                   Tuproqning mexanik va agregat tarkibini o‘rganish asosida uning disperslik va
            strukturalilik koeffitsientini (sonlarini) hisoblab chiqish mumkin. Bu esa tuproqning
            struktura hosil qilish qobiliyati haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonin beradi.
                   1932  yilda  N.A.Kachinskiy  desperslik  (bu  so‘zning  ma’nosi  tuproqni
            agregatlik  bo‘laklarini  uni  tashkil  etgan  mexanik  elementlarga  ajralish  qobiliyati)
            sonini hisoblash uchun quyidagi formulani kashf etadi:

                                                          100  à 
                                                    K d =        , %
                                                             b
                   bu yerda,
                   Kd - disperslik soni, % hisobida;
                   a - mikroagregat tahlilda ajratilgan il > (0,001 mm) miqdori, massaga nisbatan
            % hisobida;
                   v  -  mexanik  tahlil  natijasida  ajratilgan  il  >  (0,001  mm)  miqdori,  massaga
            nisbatan % hisobida; 100 % aylantirish koeffitsenti
                   Misol:  tuproqdan  mikroagregat  tahlilda  <0,001  mm  zarracha  miqdori  8%
            ajratildi (a=8%), mexanik tahlilda esa bu zarracha miqdori – 20% (b=20 %) ga teng
                                                        8 100
                                                   K d=        =  40 %
                                                          20

                   Agarda  K d  soni  qancha  katta  bo‘lsa,  tuproqda  suvga  chidamli  agregatlar
            miqdori shuncha kam bo‘ladi. Shuning uchun K d soni qora tuproqlarda 15-20, O‘rta
            Osiyoning bo‘z tuproqlarida 30-45, taqirli va taqir tuproqlarda 75-90 % gacha etadi.
                   Disperslik sonining aksariyati strukturalilik soni deyiladi. 1932 yilda P.Fageler
            o‘zining quyidagi formulasini taklif etdi:






                   bu yerda ,
                   K s – strukturalilik soni, % hisobida;
                                                              1
                   1 soz – mexanik tahlilda ajratilgan soz , massaga nisbatan % hisobida;
                   11 soz – mikroagregat tahlilda ajratilgan soz, massaga nisbatan % hisobida;
                   100 - % ga aylantirish koeffitsienti.
                   Shuni  ta’kidlash  kerakki,  strukturalilik  sonini  hisoblash  uchun  P.Fageler
            formulasidan  foydalanishdan  tashqari  bu  sonni  disperslik  sonini  hisoblash  asosida
            ham chiqarish mumkin.
                   Ayrim  hollarda  strukturalilik  sonini  hisoblash  zarur  bo‘lib  qoladiyu,  biroq
            bizda  mikroagregat  tahlili  ma’lumotlari  yo‘qligi  tufayli  bunday  hollarda


            1  Soz guruhida P.Fageler <0,001mm dan iborat zarrachalar yig’indisidan tashkil topgan
   6   7   8   9   10   11   12   13   14   15   16