Page 8 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 8
Tuproqning mexanik tarkibiga ko‘ra nomlanishi
№ “fizik loy” “fizik qum”
1. Loyli 1:1 dan 1:1/2 gacha
2. Og‘ir qumoq 1:2 dan 1:3 gacha
3. O‘rtacha qumoq 1:4 oratira
4. Engil qumoq 1:5 dan 1:6 gacha
5. Qumloq 1:7 dan 1:10 gacha
6. Loyli qum 1:15 dan 1:30 (50) gacha
G.M.Tumin va S.A.Zaxarovlar N.M.Sibirsev klassisikatsiyasini
tabaqalashtirishni maqsad qilib, o‘zlarining uch asosli klassifikatsiyasini taklif qilib,
quyidagi mexanik zarrachalarning nisbatini oladilar: fizik loyqa (<0,001-0,1 mm):
qum (0,1-3 mm).
V.V.Oxotin mexanik elementlarning quyidagi nisbatlarini asos qilib oladi:
<0,005; 0,005-0,25 va 0,25-2 sm. Bu klassifikatsiya yo‘l qurilishi gruntchiligida
ijobiy baho oldi. Ayrim vaqtlarda bu klassifikatsiyani agronomik maqsadlar uchun
ishlatish tendensiyasi vujudga keladi. Lekin, shuni esda tutish kerakki, tuproqni
qurilish maqsadida baholash bilan qishloq xo‘jaligidagi mehnat vositasi sifatida
baholash o‘rtasida tenglik qo‘yish mumkin emas.
Shuning uchun V.V.Oxotin klassifikatsiyasini tuproqlarni yaxshilashga
qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishda qo‘llab bo‘lmaydi.
N.A.Kachinskiy klassifikatsiyasi. Muallif o‘z klassifikatsiyasida qum,
qumloq, qumoq, soz kabi guruhlarni mexanik tahlil natijasida olingan ma’lumotlar
asosida ajratadi va Sibirsev taklif etgan “fizik loy”: “fizik qum” nisbatini asos qilib
oladi.
N.A.Kachinskiyning o‘z klassifikatsiyasi asosida mexanik tarkibni tinch turgan
suvda (mexanik zarrachalarning cho‘kish tezligini aniqlashda Stoks formulasi
qo‘llanilgan) pipetka yordamida o‘rtacha namuna olish yo‘li bilan aniqlagan
ma’lumotlarni qo‘yadi. Shuning uchun ham muallif Sibirsevning “fizik loy”, “fizik
qum” terminlarini rasmiy ravishda shartli qabul qiladi.
N.A.Kachinskiy klassifikatsiyasi yuqorida qayd qilingan mualliflarning
klassifikatsiyalaridan tubdan farq qiladi. N.A.Kachinskiy mexanik elementlarning
xossalari yoki ularning nisbatlarini hisobga olibgina qolmasdan, balki har bir tipdagi
tuproqlarning paydo bo‘lish sharoitlarini inobatga oladi.
N.A.Kachinskiy klassifikatsiyasida uch xil tuproq-iqlim sharoitida hosil
bo‘lgan tuproqlarni birlashtiradi:
1) podzollashgan tuproqlar;
2) dasht tuproqlar;
3) sho‘rxok va sho‘rtob tuproqlar.
Bu klassifikatsiyada tuproqlarning paydo bo‘lish sharoitlari hisobga olinganligi
sababli har qaysi tuproq tipining unumdorligini oshirishda tabaqalashgan agronomik
tadbir ishlab chiqarishni osonlashtiradi.