Page 6 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 6

Gipslashgan tuproqlar o’ta past suv o’tkazuvchanlikga, juda yuqori zichlikga,
            kam fiziologik faol suv jamg’armasini va nihoyat kam chirindiligi, oziqa moddalar
            kamligi, hamda o’rta va kuchli darajada sho’rlanganligi tufayli ularni sug’oriladigan
            dehqonchilikda  foydalanish  iqtisodiy  samarasiz  hisoblanadi.  Aksariyat  bunday
            maydonlarda  chorvachilikni  rivojlantirish  maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Bunday
            gipslashgan  tuproqlarda  ko’p  yillik  em-xashak  (beda),  soya,  makkajo’hori,  masher
            kabi  ekinlarni  ekish  orqali  ularning  oziqa  va  suv-fizik  tartibotlarini  yaxshilab,
            meliorativ sog’lom tuproq darajasiga etkazish mumkin.
                   Ikkinchi  tomondan  mexanik  tarkib  sho’r  yuvish  jarayonida  hosil  bo’ladigan
            yuqori darajada  minerallashgan  suvlarni chetga  tashlashga mo’ljallangan  kollektor-
            zovurlar  hajmini,  ularning  oralig’ini  belgilashda  muhim  ko’rsatkich  bo’lib  xitmat
            qiladi.  Chunki  engil  (qumli,  qumloq),  o’rta  va  og’ir  qumoq,  soz  mexanik  tarkibli
            tuproqlarning suv berish qobilyati o’rtasida katta farq bor. Shuning uchun ham sho’r
            yuviladigan maydon tuproqlari og’ir mexanik tarkibli bo’lsa ham, quyidagi viloyatlar
            hududlarda: Qashqadaryo viloyatining (Mirishkor. Qarshi, Kasbi, Muborak, Koson,
            Bohoriston, Nishon, Surxandaryo viloyatining (Sherobod, Qiziriq, Mirzabot, Termiz,
            Jarqorg’on, Angor, Qumqo’rg’on, Sho’rchi, Oltinsoy), Buxoro viloyatining (Buxoro,
            Romiton,  G’ijduvon,  Vobkent,  Peshku,  Kogon,  Jondor,  Shofirkon,  Qorako’l),
            Xorazm  viloyatining  (Gurlan,  Shovot,  Qo’shko’pir,  Yangibozor,  Xozapasp),
            Qoraqolpog’iston  respublikasi  (Qo’ng’irot,  Shumanay,  Chimboy,  Qonliko’l,
            Qorao’zak,  Xo’jayli,  Bozatog’,  Amudaryo,  Kegeyli,  Taxta  ko’pir),  Navoiy
            viloyatining  (Qiziltepa,  Navbahor,  Navoiy),  Jizzax  viloyatining  (Jizzax,  Paxtakor,

            Zomin, Do’stlik, Zafarobod, Zarbdor), Sirdaryo viloyatining  (Sayxunobod, Sirdaryo,
            Guliston,  Xovos,  Sardoba,  Mirzaobod,  Boyovut),  Farg’ona  viloyatining  (Quva,
            Buvayda, Farg’ona, Beshariq, Axunboboev, Oltiariq, Yozyovon, Toshloq) kollektor
            tizimini qayta ko’rib chiqish va ularni tartbga solish zarur.
                   Respublikada  sug’oriladigan  yer  maydonlarida  uchraydigan  turli  darajadagi
            toshloqli  tuproqlar  maydoni  2-jadvalda  keltirilgan.  Toshloqli  tuproqlar  o’ziga  xos
            suv-fizikaviy va agrokimyoviy xossalariga ega.
                                                                                                    2-jadval
                                Respublikadagi toshloqli yerlar maydoni, ga hisobida

                Viloyatlar nomi                                  Toshloq yerlar
                                              Jami                         Shu jumladan
                                                               Kam           O’rtacha          Kuchli
                  O’zbekiston                162045           115120           36696           10229
                   respublikasi
               Qoraqolpog’iston                 -                 -               -               -
                   respublikasi
                     Andijon                 26436             15789           6407             4240
                     Buxoro                  30432             24032           6400               -
                      Jizzax                  7159             6520             639               -
                     Navoiy                     -                 -               -               -
                   Namangan                  42962             30168           9242              52
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11