Page 7 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 7

Samarqand                 16759             15087           1566             106
                    Sirdaryo                   100              100               -               -
                  Surxandaryo                 9478             6725            2662              91

                    Toshkent                  7597             2089            4297             1211
                    Farg’ona                 20802             14590           5463             749
                     Xorazm                     -                 -               -               -
                  Qashqadaryo                  320               20              20             280

                   Birinchidan  bu  tuproqlarni  chirindili  qatlami  qisqa  va  oziqa  moddalari  bilan
            kam ta’minlangan. Ikkinchidan bu tuproqlar o’ta yuqori suv o’tkazuvchanlikga ega,
            lekin ulardagi faol suv jamg’armasi kam.
                   Bundaytuproqlarning fizikaviy, agrokimyoviy va meliorativ holatini yaxshilash
            uchun  imkoniyat  doirasida  yuza  qatlamlardagi  toshlarni  terish,  o’ta  loyqalangan
            suvlar bilan sug’orishni tashkil qilish, noan’anaviy organic-mineral bo’tqalarni solish
            orqali tuproqlarni mexanik tarkibini og’irlashtirish va ularni unumdorligini oshirishga
            erishish mumkin.
                   Toshloqli tuproqlar tarqalgan hududlar asosan suv va shamol eroziyasiga moyil
            va shu sababli bunday eroziyaga qarshi chora tadbirlarni amalga oshirish zarur.
                   Tuproqning  mexanik  tarkibiga  ko‘ra  klassifikatsiyalash.  Tuproqning
            mexanik tarkibini o‘rganishdan asosiy maqsad, faqatgina har xil katta-kichiklikdagi
            mexanik  elementlarning  miqdorini  aniqlash  emas,  balki  uning  mexanik  tarkibiga
            ko‘ra klassifikatsiyasini ishlab chiqishdan iborat.
                   Hozirgi  vaqtda  tuproq  fizikasi  fanida  bir  qancha  mualliflar  (Atterberg,
            Zemyatchenskiy,  Oxotin,  Sibirsev,  Zaxarov  va  boshqalar)  ning  klassifikatsiyasi
            mavjud.  Bu  mualliflar  o‘z  klassifikatsiyalarida,  albatta,  mexanik  elementlarning
            xossa  va  xususiyatlarini  inobatga  olib,  ishlab  chiqarish  va  ilmiy  maqsadlarda
            tuproqlarni mexanik tarkibiga ko‘ra ma’lum guruhlarga ajratganlar.
                   Quyida dastlabki klassifikatsiyalarning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
                   N.M.Sibirsev  klassifikatsiyasi.  Rossiyada  agronomik  maqsadlar  uchun
            N.M.Sibirsev  taklif  qilgan  tuproqning  mexanik  tarkibiga  ko‘ra  2  bo‘lakli
            klassifikatsiyasi keng tarqalgan.
                   Muallif  o‘z  klassifikatsiyasida  E.SHene  uslubi  yordamida  olingan
            ma’lumotlarni asos qilib oladi. Bunda Sibirsev tuproqda 2 ta guruhni – 0,01 mm dan
            katta zarrachalarni “fizik qum”, 0,01 mm dan kichik zarrachalarni “fizik loy” (soz) ga
            ajratadi va bu guruhlarning nisbatini asos qilib olib o‘zining klassifikatsiyasini tuzadi.
                   Shuning  uchun  ham  Sibirsev  klassifikatsiyasi  2  asosli  bo‘lib,  u  quyidagicha
            berilgan:
                   Sibirsev  klassifikatsiyasi  o‘zining  soddaligi  va  ixchamligi  bilan  ko‘pchilikni
            o‘ziga jalb etadi va hattoki ba’zi bir ilmiy-tekshirish ishlarida qo‘llanildi. Lekin, bu
            klassifikatsiya  ham  ayrim  kamchiliklardan  holi  emas.  Bu  klassifikatsiyada,  asosan,
            har xil guruhlarning o‘tish chegarasi aniq berilmagan va E.Shene uslubi yordamida
            olingan  ma’lumotlar  asos  qilib  olingan.  Bu  uslubda  suyuqlikning  yopishqoqligi  va
            uning  muhit  haroratiga  ko‘ra  o‘zgarishi  e’tiborga  olinmaganligi  sababli  olingan
            ma’lumotlar ayrim xatolardan holi bo‘lmaydi.
   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11   12