Page 9 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 9

Skeletli  tuproqlarda  N.A.Kachinskiyning  klassifikatsiyasini  qo‘llashda
            tuproqning  toshlilik  darajasini  ko‘rsatish  lozim  (3-jadval).  Buning  uchun  muallif
            quyidagi shkalani taklif etadi:

                                                                                                    3-jadval
                Tuproqdagi toshlarning miqdori bo‘yicha N.A.Kachinskiy klassifikatsiyasi

               Toshchalar (> 3 mm) miqdori,          Toshlilik darajasi                Toshlilik tipi
                        % hisobida
                            <0,5                          Toshsiz                   Bu tuproq tarkibida
                          0,5-5,0                          Kam                 toshchalarning holatiga qarab
                           5-10,0                        O‘rtacha                aniqlanadi, ya’ni tuproqda
                             10                           Sertosh                chig‘ir, harsang toshlar va
                                                                                     boshqalar mumkin

                   Chet  mamlakatlarda  ham  tuproqlar  ularning  mexanik  tarkibiga  ko‘ra
            klassifikatsiyasi mavjud, bu klassifikatsiyalar MDHdagi kabi tabaqalashmagan.
                   Tuproqning    mexanik    tarkibini    o‘rganishni    qishloq  xo‘jaligidagi
            ahamiyati.  Mexanik  tarkib  tuproq  uchun  (uning  hosil  bo‘lish  sharoitiga  bog‘liq
            ravishda) uzoq muddatda o‘zgarmas ko‘rsatkich hisoblanadi.
                   Unda  tuproqning  butun  xossa  va  xususiyatlariga  o‘z  ta’sirini  ko‘rsatadi.  Biz
            bulardan  ba’zilariga  to‘xtalib  o‘tamiz.  Dastavval,  mexanik  tarkib  tuproqlarni
            harakterlaydigan  asosiy  ko‘rsatkich,  bu  ko‘rsatkich  asosida  tuziladigan  tuproq
            xaritalarida alohida tuproq tipchalari ajratiladi.
                   Mexanik  tarkib  –  muhim  agrofizik  ko‘rsatkich  hisoblanadi.  Qumli,  qumloq,
            qumoq va soz tuproqlarda, bir xildagi fizik xossa va rejim vujudga kelmaydi, albatta.
            Bu tuproqlar mexanik tarkib jihatdan bir-biridan farqlanganliklari sababli o‘ziga xos
            fizik-mexanik xususiyatlarga ega bo‘ladi.
                   Masalan, qumli tuproqlar uncha katta suv sig‘imiga ega emas, lekin yaxshigina
            suv  o‘tkazuvchanlik  va  yomon  kapillyarlik  xossalariga  ega.  Soz  tuproqlarda  esa,
            aksincha,  ularning  suv o‘tkazuvchanlik  xossasi yomon,  kapillyarlik  xossasi  yaxshi,
            ular  katta  nam  sig‘imiga  ega.  Bu  ikki  xil  mexanik  tarkibli  tuproqlarda  o‘ziga  xos
            havo, suv va termik rejimlar mavjud. Agarda bu ikkala tuproqni ishlov berish nuqtai
            nazaridan  baholasak,  engil  tuproqlarda  yopishqoqlik,  plastiklik  kabi  fizik-mexanik
            xususiyatlar kam ifodalanganligi uchun ularga ishlov berish, hatto namlik sharoitida
            ham tez amalga oshiriladi. Soz tuproqlar katta yopishqoqlikka ega bo‘lganligi uchun
            ularga  ishlov  berish  juda  qiyinlik  bilan,  faqatgina  ma’lum  optimal  namlik
            darajasidagina amalga oshiriladi. Bunday misollarni juda ko‘plab keltirish mumkin.

                   Quyida Xorazm vohasida L.Tursunov tomonidan tuzilgan shunday xaritalardan
            birini havola qilamiz (1-rasm).
   4   5   6   7   8   9   10   11   12   13   14