Page 13 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 13

TUPROQ STRUKTURASINI TIKLASHNING USULLARI VA
                                                   SHAROITLARI

                  Tuproq  strukturasi  va    uning  turlari.  Strukturaning    hosil  bo‘lishi.  Tuproq
            qattiq fazasi har xil katta-kichiklikdagi o‘ziga xos tarkib va xususiyatga ega bo‘lgan
            mexanik  elementlar majmuasidan iborat. Bu elementlar tabiiy sharoitda yakka holda
            hamda o‘zaro bir-birlariga ta’sir etadi yoki munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun ham
            yuza tortilish kuchi hamda bir qator ichki va tashqi kuchlar ta’sirida ikki yoki undan
            ortiq  mexanik  elementlar  jipslashib  tuproq  agregatlarini  vujudga  keltiradi.  O‘z
            navbatida bu agregatlar biologik va gidrotermik omillar ta’sirida yanada yiriklashib
            tuproqning  struktura  bo‘lakchalarini  vujudga  keltiradi.  Agregat  bo‘lakchalar  o‘z
            navbatida  tuproqdagi  suv  va  havo  harakatiga  yoki  tuproqda  kechadigan
            jarayonlarning barchasiga ta’sir ko‘rsatadi.
                   Tuproq strukturasi deb, mazkur tip va uning qatlamiga xos har xil kattalikka,
            shaklga, chidamlilikka (suvga) ega bo‘lgan agregatlar yig‘indisiga aytiladi.
                   Tuproqda 3 xil (kubsimon, prizmasimon, plitasimon) struktura farq qilinib, ular
            bir necha turdan iborat bo‘ladi (4-jadval, 2-rasm).
                                                                                                    4-jadval
                                 Tuproq struktura bo‘lakchalarining klassifikatsiyasi
                                                  (S.A.Zaxarov bo‘yicha)

                      Turi                            Xili                     Agregat, yirik-maydaligi, mm
                    Palaxsa                     1 tip. Kubsimon
                                                  yirik palaxsa                            > 10
                                                 mayda palaxsa                            10 – 1
                   Kesakcha                      yirik kesakcha                           10 – 3
                                                    kesakcha                               3 – 1
                                                mayda kesakcha                           1 – 0,05
                To‘zon (chang)                   to‘zon (chang)                            0,05
                Yong‘oqsimon                  yirik yong‘oqsimon                           > 10
                                                 yong‘oqsimon                             10 – 7
                                              mayda yong‘oqsimon                           7 – 5
                   Donador                       yirik donador                             5 – 3
                                                    donador                                3 – 1
                                                mayda donodor                            1 – 0,05
                  Ustunsimon                  2 tip. Prizmasimon
                                                yirik ustunsimon                            > 5
                                                  ustunsimon                               5 – 3
                                               mayda ustunsimon                              3
                  Ustunnamo                     yirik ustunnamo                              5
                                                   ustunnamo                               5 – 3
                                               mayda ustunnamo                              < 3
                 Prizmasimon                   yirik prizmasimon                            > 5
                                                  prizmasimon                              5 – 3
                                              mayda prizmasimon                            3 – 1
                  Plitasimon                    3 tip. Plitasimon
                                                  slanetssimon                              > 5
                                                   plitasimon                              5 – 3
                                                  yaproqsimon                              3 – 1
   8   9   10   11   12   13   14   15   16   17   18