Page 17 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 17
• O‘rta Osiyoda tuproq hosil qiluvchi ona jins (qatlami allyuviylar,
prolyuviylar, lesslar va q.k) lar makrostrukturali emas. Ammo, allyuviy ho‘l qatlamli
bo‘lganda, ba’zan 0,25 mm dan yirik zarrachalar uchraydi, ayrim joylarda uning
miqdori 20-30% ga etadi: ularning ko‘p qismi karbonat-gipsli yaralmalardan iborat.
Buni 3-rasmda keltirilgan ma’lumotlardan aniq ko‘rish mumkin. SHunday qilib,
makrostruktura O‘rta Osiyo sug‘oriladigan tuproqlari uchun hosil bo‘lish jarayonida
vujudga kelgan mahsuldir.
• Sug‘oriladigan tuproqlarning strukturasini yaxshilashga imkon beradigan
tadbirlar – almashlab ekishni joriy qilish, o‘t aralashmalarining roli, almashlab
ekishdagi maysazorlar sonining paxta dalalariga nisbati, ekin ekishga qadar tuproqni
ishlash usullari, nihoyat tuproqni ishlash vaqtida uning qanday namlikda bo‘lishi
zarurligi kabilar u yoki bu darajada suvga chidamli makro va ayniqsa,
mikrostrukturalarni vujudga keltiradi. Bu o‘z navbatida undagi suv, havo va oziq
rejimini hamda o‘simlik hosildorligini birmuncha oshirishni ta’minlovchi omil
ekanligi isbotlandi.
• Tuproq strukturaligiga doir ma’lumotlar tahlil qilinar ekan,
makroagregatlarning tuproqni agronomik jihatdan baholash yuzasidan V.R.Vilyams
belgilagan 1 mm dan iborat kritik diametrning eng kichik miqdorini 0,25 mm gacha
kamaytirishga to‘g‘ri keladi, chunki 1 mm dan yirik agregatlarning ham shu qadar
muhim ekanligini o‘z davrida rus adabiyotlarida ham chet el adabiyotlarida ham
qabul qilingan. Bordi-yu, 1 mm kattalikdagi diametrni kritik diametr deb qabul qilar
ekanmiz, MDHning Evropa qismidagi tuproqlar strukturasining mustahkamligi bilan
O‘rta Osiyo tuproqlari strukturasining mustahkamligi o‘rtasidagi farq yana ham
ortadi.
Keyingi vaqtlarda S.N.Rijov, N.K.Balyabo, P.N.Besedin, N.F.Bespalov,
M.U.Umarov va boshqalar mikrostruktura teshikligi va grunt qovushmasining
harakteri sug‘oriladigan tuproqlarda ijobiy ahamiyatga ega ekanligini isbotladilar.
3 – rasm. Tuproq agregatli holatining ho‘l va quruq elashda o‘zgarishi:
1-og‘ir qumoq; 2-soz tuproq; 3-o‘rtacha qumoq