Page 18 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 18

Olib borilgan eksperimental tekshirishlarga ko‘ra, tuproqning mikroagregatlik
            tarkibini mexanik tarkib bilan taqqoslaganda, uning mikroagregatligi u qadar yaxshi
            bilinmaydi.
                   G.I.Pavlov usuli bo‘yicha tahlil qilishda tuproqni ho‘lligicha elash ham pipetka
            bilan  tahlil  qilish  ham  qo‘llaniladi,  shu  sababli  bu  usul  tuproqning  strukturalilik
            holatini yaxshiroq aniqlashga imkon beradi.
                   Shunday qilib yuqorida keltirilgan ma’lumotlar O‘rta Osiyoda sug‘oriladigan
            tuproqlarning strukturalilik holati MDHning Evropa qismida joylashgan tuproqlardan
            farq qilishini ko‘rsatadi.
                   Tuproq strukturasining hosil bo‘lishi. Tuproq strukturasining hosil bo‘lishi
            unda  mavjud  bo‘lgan  kolloidlarning  xossa  va  xususiyatlari  bilan  hamda
            kolloidlarning  tuproq  eritmasidagi  xarakteri  bilan  bog‘liq.  Dastavval  kolloidlar
            koagulyasiya jarayonida amorf holatdan qattiq (cho‘kma) holatga o‘tish qobiliyatiga
            ega  bo‘lishi  lozim.  “Koagulyasiya”  termini  lotincha  “soagulatis”,  ya’ni  cho‘kmoq,
            ivimoq, quyilmoq ma’nosini beradi.
                   Koagulyasiya  jarayonida  dastlab  tabiiy  agregatlar  keyinchalik  birlamchi
            agregatchalar, elektr zaryadlari ta’sirida yoki yuza energiyasining mavjudligi tufayli
            ikkinchi, uchinchi va yuqori tartibli mikroagregatlar vujudga keladi.
                   Bu tartibda hosil bo‘lgan agregat bo‘lakchalar keyinchalik har xil yo‘llar bilan
            yiriklasha  boradi.  Keyingi  yillarda  olib  borilgan  tekshirishlar  agregatlarning  suvga
            chidamliligi  va  mexanik  qattiqligi  gidromorf  tuproqlarning  pastki  qatlamlaridagi
            issiqlik  va  suv  rejimlarining  o‘zgarishidan  kelib  chiqadigan  kimyoviy  jarayonlar  –

            oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari natijasida paydo bo‘lishini ko‘rsatadi. Shuning
            uchun ham daryo o‘zanlaridagi o‘tloqi tuproqlarning pastki qatlamlari, ayniqsa sizot
            suvlariga  yaqin  turgan  qismlari  kesakchali,  donador  strukturaga  ega  bo‘ladilar.  Bu
            bo‘lakchalarning  vujudga  kelishida  aerob  va  anaerob  sharoitda  vujudga  keluvchi
            temir elementining oksidlangan va qaytarilgan birikmalarining roli katta.
                   Agregat  bo‘lakchalarning  yiriklashuvida  kapillyar  (menisk)  kuchlarning,
            ayniqsa,  ularning  suvda  chidamlilik  qobiliyatining  oshishida  mikroorganizmlarning
            roli kattadir. Bu erda yomg‘ir chuvalchanglarining xizmatini alohida ko‘rsatib o‘tish
            lozim.  Chuvalchanglar  tuproq  massasini  eng  oldin  o‘z  ichaklarida  qayta  ishlab,
            tashqariga g‘ovak, donador va suvga chidamli qilib chiqaradi. Masalan, Ch.Darvin
            hisobiga ko‘ra, bir gektar erdagi tuproq qatlamlarida yashayotgan 70000 chuvalchang
            (bu taqribiy son) bir yilda 38 tonnaga yaqin tuproqni o‘z organizmi orqali o‘tkazib
            mayda  donador  holatga  aylantiradi.  Shuningdek,  strukturani  vujudga  kelishida
            chumoli, termit va boshqa hasharotlar, ba’zan er qazuvchi, kemiruvchi jonivorlar ham
            ishtirok  etadi.  Umuman  olganda,  biologik  yo‘l  bilan  vujudga  kelgan  agregatlar
            qolgan agregatlardan faqatgina g‘ovakligi, suvga chidamliligi bilan farq qilmasdan,
            balki  o‘simliklar  dunyosi  uchun  zarur  bo‘lgan  oziq  elementlarining  ko‘pligi  bilan
            tubdan ajralib turadi.
                   Strukturaning  vujudga  kelishida  va  takomillashuvida  har  xil  tabiatdagi  va
            tarkibdagi  chirindining,  uning  xilma-xil  kislotalarining,  tuproqdagi  karbonatli
            birikmalarning  roli  sezilarlidir.  Masalan,  qora  tuproq  zonasida  donador  kesakchali
            yuqori  sifatli  bo‘lakchalarning  vujudga  kelishida  chirindining,  ayniqsa,  gumin
            ikkinchi,  uchinchi  va  yuqori  tartibli  mikroagregatlar  kislotasining  roli  katta.  Bo‘z
   13   14   15   16   17   18   19   20   21   22   23