Page 23 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 23

O‘rta  Osiyo  fermer  xo‘jaliklarida  va  ilmiy-tekshirish  tashkilotlarining  dala
            sharoitida  olib  borilgan  ko‘p  yillik  tajribalarining  yakunlari  asosida  quyidagi
            xulosalarga kelindi:
                   ➢ ko‘p yillik o‘t ekinlari (ayniqsa, beda) ni ekish hamda erlarga go‘ng solish
            tuproq strukturasini yaxshilaydi;
                   ➢ uch  yillik bedadan keyin paxta ekishning  birinchi yilidayoq har  xil tur va
            tipdagi tuproqlarda suvga chidamli makroagregatlarning miqdori ko‘payadi va paxta
            hosili oshadi;
                   ➢ uch  yillik  bedadan  keyin  ekin  ekishning  ikkinchi  yilidayoq  tuproqning
            makrostrukturasi tez va keskin yomonlashadi;
                   ➢ surunkasiga mineral o‘g‘itlar bilan ishlanganda tuproqning strukturali holati
            deyarli yaxshilanmaydi.
                   Strukturani  tiklashda  va  strukturaning  vujudga  kelishida  termik  omillardan
            harorat va suv asosiy omil hisoblanadi. Bu jarayon ta’sirini quyidagicha tushuntirish
            mumkin:  sovuq  kunlar  boshlanishidan  oldin  yoqqan  yog‘in  suvlari  yoki  sug‘orish
            suvlari  tuproq  kovaklariga  kirib,  ularni  to‘ldirishlari  mumkin:  haroratning  keskin
            pasayib  ketishi  tufayli  bu  suvlar  muzlaydi,  muzlash  suv  hajmini  kengaytiradi.
            Natijada  tuproq  kovaklarida  qo‘shimcha  katta  kuch  vujudga  keladi.  Bu  hodisa  o‘z
            navbatida  mexanik  zarracha  va  agregatlarning  bir-biriga  yanada  katta  kuch  bilan
            siqilishiga  olib  keladi.  Kunlar  isishi  bilan  kovaklardagi  muzlar  eriydi.  Tuproqning
            etilganligi uning birmuncha donador (mahalliy tilda “qo‘zilagan”) ligi seziladi. Kech
            kuzda  beriladigan  “yaxob”  suvlar  ana  shu  maqsadni  ko‘zda  tutadi.  Lekin,  hamma

            vaqt ham muzlash strutura hosil qilavermaydi. Muzlash jarayoni harorati ancha past
            va o‘ta namlangan tuproqlarda struktura hosil qilmaydi, balki uni buzadi.
                   Hozirgi vaqtda shu narsa isbotlandiki, strukturali tuproqlarda suv, havo, termik
            hamda  oziq  rejimlari  madaniy  o‘simliklar  uchun  etarli  va  qulay  shaklda  bo‘ladi.
            Strukturali tuproq madaniylashgan tuproq hisoblanadi.

                   Mustaqil ishlash uchun savollar:
                   1.  Tuproq strukturasi deganda nimani tushunasiz?
                   2.  Tuproq strukturasi klassifikatsiyasini qaysi olim tomonidan tuzilgan?
                   3.  Tuproq strukturasi necha tip va turga bo‘linadi?
                   4.  Tuproq strukturasining buzilish sabablariga nimalar kiradi?
                   5.  Tuproq  strukturasini  tiklash  sharoitlari  va  usullari  haqida  nimalarni
            bilasiz?

                                TUPROQ STRUKTURASINI TIKLASHNING
                                                SUN’IY USULLARI

                   Ma’lumotlarning  ko‘rsatishicha,  tuproq  strukturasining  buzilishiga  sabab

            bo‘luvchi omillar ko‘p bo‘lganidek uni tiklashga qaratilgan usullar ham xilma-xildir.
            Keyingi  yillarda  kimyo  sanoatining  taraqqiy  etishi  natijasida  tuproq  strukturasini
            tiklashda  tuproqda  gumus  moddalari  o‘rnini  egallaydigan  yuqori  molekulyar

            birikmalar  –  polimerlar  va  sopolimerlardan  keng  foydalanilmoqda.  Bu  birikmalar
   18   19   20   21   22   23   24   25   26   27   28