Page 25 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 25

4-rasm. Tuproq strukturasining urug’ning unib chiqishiga ta’siri:
                                           1-strukturasiz, qoniqarli, yaxshi

                   Hozirgi vaqtda MDHda hamda chet mamlakatlarda (AQSh, Fransiya, Angliya)
            juda ko‘p xildagi sun’iy strukturalar mavjud. Lekin, sun’iy strukturani keng ko‘lamda
            qo‘llash uchun u quyidagi talablarga javob berishi kerak:

                   -  Strukturalar  (yoki  tuproq  kleylari)  tuproqlarda  g‘ovak,  suvga  chidamli
            hamda mexanik jihatdan qattiq bo‘lmagan bo‘lakchalarni vujudga keltirishi.
                   -  Ular  tuproqda  inert  massa  hosil  qilib,  biologik  hayot  uchun  zaharli
            bo‘lmasligi lozim.
                   -  Struktura  suvni  yaxshi  qabul  qilishi  hamda  bo‘kish  xususiyatiga  ega
            bo‘lmog‘i lozim, lekin koagulyatsiya jarayonidan so‘ng (tuproq massasini agregatli
            holatga o‘tkazgandan so‘ng) suv ta’sirida uzoq vaqt buzilmasligi kerak.
                   -  Strukturalar o‘zida oziq elementlarini saqlashi, donadorligi buzilgan taqdirda
            o‘simliklar oziq elementlarini o‘zlashtirmog‘i zarur.
                   -  Strukturalarning  faoliyati  hech  bo‘lmaganda  bir  rotatsiya  davrini  (4-5  yil)
            o‘z ichiga olishi lozim, aks holda sun’iy kleyning ta’siri qisqa muddatligi uchun keng
            ishlatilmaydi.
                   -  Gumin  kislotasi  xususiyatiga  yaqin  turadigan  strukturalarni  izlash  va
            qo‘llash katta ahamiyatga ega.
                   -  Struktura arzon va juda faol bo‘lishi, tuproqning strukturasi gektariga 0,5-1
            tonna  sarflaganda  tiklanishi  lozim,  aks  holda  struktura  iqtisodiy  jihatdan  o‘zini
            oqlolmaydi.
                   Shunday  qilib,  tuproqda  o‘simliklar  uchun  suv,  havo  va  oziq  rejimlarining
            qulay  bo‘lishi,  shuningdek  ekin  maydonlarida  qo‘llaniladigan  agrokompleks

            tadbirlarning  yaxshi  natija  berishi  tuproq  strukturasiga  bog‘liq.  Demak,  struktura
   20   21   22   23   24   25   26   27   28   29   30