Page 20 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 20
isbotlangan. Shuning uchun ham tuproq strukturasini o‘rganish, uni saqlash,
yaxshilash kabi tadbirlarni ishlab chiqish zarur.
Tuproq strukturasining buzilish sabablari. Yuqorida bayon etilganlardan
ma’lumki, tuproq strukturasining takomillashishi uzoq vaqt davomida ro‘yobga
chiqadi va ko‘pdan-ko‘p jarayonlarga duch keladi. Biroq uning buzilishi va batamom
yo‘q bo‘lishi uchun uzoq vaqt talab qilinmaydi. O‘ylamasdan qilingan har bir
agrotexnik tadbir yoki insoniyatning dehqonchilik faoliyati tuproq strukturasining
buzilishiga olib keladi.
Strukturaning buzilishiga quyidagilar sabab bo‘ladi:
1. Mexanik kuchlar bunga tuproqqa ishlov beruvchi og‘ir vaznli texnika
vositalari va asbob-uskunalar kiradi. Bu borada qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan turli
texnika vositalarining dalalarda behuda qatnashlari yoki ularning ekin maydonlarida
uzoq muddat turib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
2. Agrotexnik tadbirlarning noto‘g‘ri yoki rejasiz o‘tkazilishi. Masalan,
sernam yoki nami qochib, tobidan o‘tib ketgan tuproqni shudgorlash, haydalgan erni
hadeb molalash, etilmagan erlarni boronalash, bo‘lar-bo‘lmasga kultivatsiya qilish va
boshqalar. Ayniqsa, bu o‘rinda nishab (qiya) erlarni haydash texnikasini buzish
mavjud strukturani buzishgagina emas, balki tuproq unumdor qismining batamom
yo‘qolishiga ham olib keladi. Ma’lumki, nishab erlarni asosiy shudgor qilish qiyalik
bo‘yicha emas, balki unga ko‘ndalang yo‘nalishda o‘tkaziladi. Katta qiyalikdagi
maydonlarni haydash umuman man etiladi. Bunday joylarda tabiiy o‘simliklarni
saqlash yoki maysazor-butazorlar bunyod etish lozim.
3. Yerni sug‘orish va o‘g‘itlash. Sug‘orish suvlari (ayniqsa, ular u yoki bu
darajada minerallashgan bo‘lsa) ta’sirida ham tuproq strukturasi ma’lum darajada
buziladi. Chunki, bu suvlar tuproq tarkibidagi suvda eruvchan birikmalarni va
tuproqqa solingan mineral o‘g‘itlarni eritadi hamda eng yaxshi koagulyator
hisoblangan kalsiy kationini siqib chiqaradi. Yerga solingan (NH 4NO 3) o‘g‘iti
tarkibidagi ammoniy tuproqdagi karbonatlar bilan reaksiyaga kirishib, ammoniy
karbonat [(NH 4) 2CO 3] hosil qiladi. Ma’lumki, bunda siqib chiqarilgan kalsiy kationi
tuproqdan yuvilib ketadi. Bundan tashqari, tuproqni ammoniy sulfat [(NH 4) 2SO 4]
singari fiziologik kislotali va natriy nitrat NaNO 3 kabi fiziologik ishqorli mineral
o‘g‘itlar bilan bir necha yil surunkasiga o‘g‘itlash tuproq strukturasining buzulishiga
olib kelishi turgan gap.
4. Tuproqdagi biokimyoviy jarayonlar: gumus hosil bo‘lishi, aerob
(kislorodli) va anaerob (kislorodsiz) bijg‘ish (chirish) katta ta’sir ko‘rsatadi. Chunki,
tuproq mexanik zarrachalarini bir-biriga mahkam yopishtirib turgan gumus moddalari
mikroorganizmlar ta’sirida aerob sharoitda batamom parchalanishi natijasida
tuproqlarda gumus miqdori kamayadi, bu esa asta-sekin tuproq strukturasining
buzilishiga sabab bo‘ladi. Shu bois, tuproqda mikrobiologik jarayonlarni optimal
bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, tuproqda kechadigan turli fizik-
kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarda hosil bo‘lgan suvda eruvchan tuzlarning
strukturani buzishdagi ta’siri ham juda katta hisoblanadi.
Strukturani tiklash sharoitlari va usullari. Ma’lumki, P.A.Kostichev,
K.K.Gedroys, V.R.Vilyamslar tomonidan struktura hosil bo‘lishining nazariy asoslari