Page 19 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 19

tuproqlarda,  agarda  ular  karbonatlashgan  lyossli  va  lyossimon  yotqiziqlar  ustida
            vujudga  kelgan  bo‘lsa,  agregat  bo‘lakchalarning  takomillashishida  karbonatli
            birikmalarning  roli  kattadir.  Biz  tuproq  strukturasining  vujudga  kelishida  o‘simlik
            dunyosi rolini yoritmadik, chunki bu masala quyida alohida ko‘rib chiqiladi.
                   Endi strukturaning tuproqda ketadigan jarayonlarga ta’siri to‘g‘risida qisqacha
            to‘xtalib o‘tamiz.
                   Tuproqning  agregatlik  holati  uning  g‘ovakligini  ta’minlovchi  ko‘rsatkichdir,
            chunki chang-to‘zondan tashkil topgan tuproq qatlamida umumiy g‘ovaklik juda past
            ko‘rsatkichga  ega  bo‘ladi,  ayniqsa  erkin  suvlarning  va  unda  erigan  oziq
            moddalarining harakatini ta’minlovchi kapillyar teshikchalar bo‘lmaydi (6-jadval).
                   Strukturali tuproqda fizik xossa va rejimni ta’minlovchi – suv o‘tkazuvchanlik,
            havo  o‘tkazuvchanlik,  katta  umumiy  nam  sig‘imi,  jamg‘arilgan  suvni  saqlash
            qobiliyati, effektiv issiqlik rejimi kabi omillar mavjud bo‘ladi.
                   Strukturasiz  tuproqlarda  suv  va  havo  omillari  qarama-qarshi  ta’sirga  ega.
            Strukturali tuproqlarda esa suv va havo bir vaqtning o‘zida ishtirok etadi.
                   Darhaqiqat,  agregatlarning  katta-kichikligiga  hamda  namligiga  qarab  havo
            o‘tkazishi  tuproqdagi  organik  qoldiqlarni  aerob  va  anaerob  sharoitda  parchalanishi
            hamda ulardan har xil tarkibdagi mahsulotning hosil bo‘lishiga olib keladi.
                   Tuproq  strukturasi  uning  unumdorligini  ko‘rsatuvchi  eng  asosiy  omillardan
            biri. Tuproq strukturasi faqatgina undagi suv-havo rejimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatibgina
            qolmay,  balki  tuproqda  mavjud  bo‘lgan  suv  va  oziqa  jamg‘armasini  o‘simlikning
            ehtiyojiga qarab sarflanishini ta’minlaydi. Strukturaning bu xususiyatini obrazli qilib

            akad.  V.R.Vilyams  quyidagicha  ta’riflaydi:  “Tuproqdagi  har  bir  agregat  –  unda
            mavjud  bo‘lgan  oziq  moddalarini  bekorga  sarflanishining  oldini  oluvchi  omonat
            kassadir.  O‘simlik  ehtiyojiga  qarab  agregat  yuzasida  mavjud  bo‘lgan  oziq
            elementlarini  oladi.  Keyinchalik  ildizlari  bilan  agregat  ichidagi  yangi  oziq
            boyliklariga etib boradi, darhaqiqat tuproq agregati suv-oziq moddasining bekorga
            sarflanishiga to‘sqinlik qiluvchi katta qalqondir”.
                                                                                                    6-jadval
                       Agregatlarning katta-kichikligiga ko‘ra tuproqning g‘ovakligi
                     (tuproq hajmiga nisbatan % hisobida, A.G.Doyarenko ma’lumoti)

                G‘ovaklik                               Agregatlar diametri, mm da
                                   < 0,5           0,5 - 1          1 - 2          2 – 3           3 - 5


                Umumiy              47,5            50,0            54,7            59,6            62,6
                Kapillyar           44,8            25,6            25,1            24,5            23,9
               Nokapillyar          2,7             24,5            29,6            35,1            38,7

                   Strukturali  tuproqlar  ishlov  berish  vaqtida  ishlov  berish  asboblariga  kam
            qarshilik  ko‘rsatadi,  ularda  plastiklik,  yopishqoqlik  hamda  qattiqlik  kabi  fizik-
            mexanik ko‘rsatkichlar past darajada ifodalanadi, bularning hammasi o‘z navbatida
            tuproqqa sifatli ishlov berishga sabab bo‘ladi va tuproq unumdorligining oshishiga
            olib keladi.
                   Shunday  qilib,  hozirgi  vaqtda  u  yoki  bu  tuproq  tipi  yoki  turining  effektiv
            unumdorligi  dastavval  uning  strukturalilik  holati  bilan  chambarchas  bog‘liqligi
   14   15   16   17   18   19   20   21   22   23   24