Page 15 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 15

Natijada tuproq unumdorligi yuqori va ekilgan har qanday ekindan mo‘l hosil olinadi.
            Bunday  strukturaga  ega  bo‘lmagan  tuproqlar  madaniylashmagan,  unumdorligi  past
            hisoblanadi.
                   Tuproq  strukturasining  eng  muhim  xususiyati  –  mayda  kesakchali  va
            donadorligidir.  Diametri  0,25  –  10  mm  kattalikdagi  kesakchalarining  suvga
            chidamliligidir. Agregat bo‘lakchaning  qaysi  bir  shakliga  agronomik  jihatdan  baho
            bermoqchi  bo‘lsak  suvga  chidamli  makro  -  (diametri  0,25  mm  dan  katta)  va
            mikroagregatlar (diametri 0,25 mm dan kichik) miqdori inobatga olinadi (5-jadval).
                                                                                                    5-jadval
              Suvga chidamli agregatlarining miqdoriga qarab tuproqning strukturaliligini
                          baholash shkalasi (M.Umarov, J.I.Ikromovlar ma’lumoti)

                  Ko‘rsatkichlar        Ko‘rsatkichlar                          Bahosi
                                            miqdori
            Suvga  chidamli  agregat-         > 25        Yaxshi    strukturali    –   tipik   bo‘z   tuproq
            lar miqdori (0,25 mm dan                      mintaqasining  botqoq,  botqoq-o‘tloq  tuproqlarining
            katta agregatlar yig‘in-disi                  haydaladigan qatlamiga xos.
            bo‘yicha        og‘irligiga     15 - 25       O‘rtacha  strukturali  –  madaniylashgan  bo‘z
            nisbatan % hisobida                           tuproqlar va bedazorning o‘tloqi tuproqlariga xos.
                                            10 - 15       Engil  strukturali  –  eroziyalangan  tipik  bo‘z
                                                          tuproqlar,  sug‘oriladigan  bo‘z  tuproq  va  cho‘l
                                                          mintaqasidagi gidromorf tuproqlarning haydaladigan
                                                          qatlamiga xos.
                                             5 – 10       Yomon strukturali – sho‘rlanmagan sug‘oriladigan
                                                          taqir  tuproq,  sho‘rlangan  bo‘z  tuproqlar  va  cho‘l
                                                          mintaqasidagi boshqa tuproqlarga xos.
                                              < 5         Strukturasiz – yangi o‘zlashtirilgan taqirlar, cho‘l-
                                                          qumoq  kompleksida  uchraydigan  kulrang  va  taqir
                                                          erlar uchun xos.
            Tuproqning      strukturali       > 70        Eng  yaxshi  –  tipik  bo‘z  tuproqlar  mintaqasidagi
            tarkibi  (10  mm  dan  0,25                   gidromorf  tuproqlarning  strukturali  haydaladigan
            mm       gacha      bo‘lsa                    qatlamiga  xos,  bedazordagi  bo‘z  tuproqlarning
            agregatlar yig‘indisi)                        qatlami,  shuningdek  etilgan  paytda  ishlov  berilgan
                                                          engil tuproqlarga xos.
                                            60 - 70       Yaxshi – etilgan paytda ishlov berilgan bo‘z tuproq,
                                                          bedapoyadagi  tuproq  qatlami  bo‘yicha  taqir  va
                                                          mexanik  tarkibi  serloy  bo‘lgan  cho‘l  mintaqasidagi
                                                          gidromorf tuproqlarning haydaladigan qatlami uchun
                                                          xos.
                                            45 - 60       O‘rtacha  (qoniqarli)  -  bedapoya  sug‘oriladigan
                                                          bo‘z  tuproqlarining  haydaladigan  qatlami  va
                                                          mexanik  tarkibi  og‘ir  bo‘lgan  cho‘l  mintaqasi
                                                          tuproqlari uchun xos.
                                              < 45        Qoniqarsiz – bo‘z tuproqlarning kuchli zichlashgan,
                                                          quruq  haydaladigan  va  haydov  osti  qatlamlari  va
                                                          og‘ir  mexanik  tarkibli  cho‘l  mintaqasi  tuproqlari
                                                          uchun  xos  (bunday  erlar  haydalganda  60  %  loyli
                                                          ko‘chkilar vujudga keladi).
                   Shu  jihatdan  bu  qoida  to‘g‘ri,  lekin  O‘rta  Osiyo  tuproqlariga  nisbatan
            (A.N.Rozanov, S.N.Rijov, A.A.Rode) bu qoidaga jiddiy o‘zgarishlar kiritildi.
   10   11   12   13   14   15   16   17   18   19   20