Page 14 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 14

Tangachasion                 yirik tangachasimon                          3 – 1
                                             mayda tangachasimon                             1

                   Har xil tuproq tipi uchun ma’lum bir turdagi struktura harakterlidir. Masalan,
            qora  tuproqlar  uchun  –  donador  kesakchali,  podzol  tuproqlar  uchun  –  bargsimon,
            sho‘rtoblar  uchun  –  ustunsimon,  bo‘z  tuproqlar  uchun  –  kesakchali  –  changsimon
            shakli harakterlidir.









































                2-rasm. Tuproq strukturasi asosiy agregatlarining ko‘rinishi (S.A.Zaxarov
                                                       bo‘yicha)
                   I-tip:1-yirik kesakchali; 2-o‘rtacha kesakchali; 3-mayda kesakchali; 4-changsimon; 5-yirik
            yong‘oqchasimon; 6-yong‘oqchasimon; 7-mayda yong‘oqchasimon; 8- yirik donador; 9-donador;
            10-kukunsimon; 11-tuproq “marjonlari”.
                   II-tip: 12-13-ustunsimon; 14-yirik prizmasimon; 15-prizmasimon; 16-mayda prizmasimon;
            17-juda mayda prizmasimon.
                   III-tip:  18-slanetssimon;  19-plastinkasimon;  20-bargsimon;  21-dag‘al  tangasimon;  22-
            mayda tangasimon.

                   Dehqonchilik tarixida strukturali tuproqlarning suv, havo va oziq rejimi yaxshi
            bo‘lishi  isbotlangan.  Bu  borada  V.V.Dokuchaev,  P.A.Kostichev,  V.R.Vilyams,
            K.K.Gedroys,  N.A.Kachinskiy,  I.B.Revut  kabi  etuk  olimlarning  xizmatlari  katta.
            Strukturali  tuproqning  afzalligi  shundaki,  uning  kovakligi  ayni  vaqtda  ikki
            kategoriyaga bo‘linadi: ingichka, qil (diametri 0,05 mm dan kichik) va yirik kovakli,
            ko‘pincha agregatlararo kovakli ham (diametr 0,2 mm dan kattaroq) bo‘ladi.
                   Tuproqda bu kovaklar mavjud bo‘lsa, uning barcha eng muhim xossalari – suv,
            havo  xossalari,  mikrobiologik  va  texnologik  sharoitlari  o‘zaro  muvofiqlashadi.
   9   10   11   12   13   14   15   16   17   18   19