Page 22 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 22
tuproqning mexanik tarkibiga ko‘ra dala nam sig‘imining (DNS) 65-75 % ni tashkil
etadi.
Tuproq strukturali holatini tiklashning asosiy yo‘llaridan biri uni gumus
moddalari bilan boyitishdir. Tuproq gumusi tarkibidagi turli organik kislota (gumin,
fulvo va boshqa) lar tuproq zarrachalarini bir-biriga yopishtiruvchi modda rolini
o‘ynaydi. Agarda gumus kislotalari kalsiy, magniy, qisman temir yoki alyuminiy
tuzlari holida tuproq zarrachalarini yopishtirsa, bunday holda haqiqiy suvga chidamli
va g‘ovak strukturalar hosil bo‘ladi. Tuproqni organik moddalarga boyitish uchun
unga ko‘p miqdorda mahalliy o‘g‘itlar solish talab etiladi.
Tuproq strukturasini tiklash uning kimyoviy xususiyatini yaxshilash bilan ham
amalga oshiriladi. Sho‘rtob yoki podzol tuproqlar bunga misol bo‘lishi mumkin.
Bunday tuproqlarning singdirish kompleksida vodorod, natriy bo‘lib, bunday
elementlar ishtirokida nordon yoki ishqoriy muhit paydo bo‘lishidan tashqari suvga
juda chidamsiz struktura hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday tuproqlarning
strukturali holatini yaxshilash maqsadida erga ohak yoki gips solinadi. Bu tuzlar
tarkibidagi ikki valentli kalsiy tuproqning singdirish kompleksidagi bir valentli
elementlar o‘rnini oladi. Bu jarayonning bir necha bor qaytarilishi nordon va sho‘rtob
tuproqlarning strukturali holatini yaxshilaydi.
Tuproqni strukturali qilishning yana bir muhim tadbiri – shu mintaqa
ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘t-dalali almashlab ekish tizimini joriy etishdir.
Shu maqsadni nazarda tutib, har qaysi mintaqa sharoitiga to‘g‘ri keladigan ko‘p yillik
dukkakdosh o‘tlar (beda, yo‘ng‘ichka) va bir yillik o‘tlar (arpa, bug‘doy,
makkajo‘xori, oq jo‘xori va boshqalarni) almashlab ekiladi. Ko‘p yillik o‘tlar serildiz
bo‘lganligidan erda gumus hosil qiluvchi organik qoldiq ko‘p to‘planadi va
tuproqning ustki qatlamida suvga chidamli donador struktura hosil bo‘ladi (7-jadval).
7-jadval
Qumoq bo‘z tuproqlar tarkibida suvga chidamli makroagregatlarning
o‘zgarishi
Variantlar 0,25 mm dan yirik agregatlar, % hisobida (G.I.Pavlov
usuli bo‘yicha)
Tipik bo‘z tuproqlar Och tusli bo‘z tuproqlar
0 – 25 25 – 40 0 - 25 25 - 40
O‘g‘itlanmasdan doim paxta ekilganda 20 35 10 27
To‘rt yillik bedadan so‘ng 61 80 29 49
Uch yillik bedadan so‘ng paxta 48 75 15 32
ekishning birinchi yili
Uch yillik bedadan so‘ng paxta 21 40 8 19
ekishining ikkinchi yili
To‘rt yil uzluksiz paxta ekilgandan 6 28 3 9
so‘ng
Doimiy go‘ng (organik o‘g‘it) bilan 43 72 25 43
o‘g‘itlanganda
Doimiy mineral o‘g‘itlar bilan 11 40 6 18
o‘g‘itlanganda