Page 27 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 27
5, 10 metr) va ish davomida neytron manba zarur bo‘lgan chuqurliklarga tushiriladi
va namlik o‘lchanadi.
6-rasm. Printsipial sxemasi keltirilgan.
1- impuls datchigi, 2-hisoblash manbasi, SI-1 gaz razryadi impulsi – 4 ta.
NIV-2 asbobi bilan namlikni o‘lchash tartibi. Tanlab olingan maydonda
tuproq burlari yordamida 50 mm diametrida zarur chuqurlikgacha skvajina
tayyorlanadi. Shu chuqurlikga maxsus truba joylashtiriladi. Trubani joylashtirilganda
trubani tashqi va tuproq devorlari orasida bo‘sh masofa qolmasligi zarur. Tuproq
namligini indikator kabeli yordamida zarur chuqurlikga tushiriladi va o‘lchashdan
oldin trubaning yuqori qismidagi kabelni maxsus qisqichlar yordamida
maxkamlanadi. Indikator kabel ma’lum va aniq bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lib, neytron
manbasini aniq chuqurlikga tushirishga yordam beradi.
Maxsus schetchik orqali neytron tezligini tuproqning namligiga bog‘liq holda
pasayishini yozib olinadi. Maxsus schetchiklardan olingan ma’lumotlarni (6-rasm)
graduirovkali grafigiga tushirilib uni yordamida ma’lum chuqurlikdagi tuproq
namligini, tuproq xajm og‘irligiga nisbatan miqdori foiz (%) hisobida bilib olinadi.
7-rasm. Graduirovkali rafik.