Page 31 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 31

Gouevn tuproq namligini o'lchagichi


                                                   Gouevn  tuproq  namligini  o'lchagich  faqat  tuproq
                                           namligini  tekshirish  uchun  mo'ljallangan,  asosiy  model
                                           barqaror  ishlaydi.  Tuproq  yuzasiga  ulang  va  o'qing,

                                           tezkor  javob  va  oson  o'qish.  O’lchagichni  uzunligi  7,7
                                           dyuym,  ildiz  darajasida  suvni  o'lchash  uchun  maxsus
                                           mo'ljallangan.  Har  qanday  o'simlikda,  hatto  katta

                                           idishdagi o'simliklarda foydalanish uchun. Gouevn qulay
                                           partativ o’lchagich, batareyalar yoki elektr quvvati talab
                                           qilinmaydi.  Partativ  o’lchagichni  sinovdan  o'tkazmoqchi

                                           bo'lgangiz unin tuproq maydoniga joylashtiring va darhol
                                           aniq ko'rsatkichlarni oling.




                8-rasm. Vlagomerlar TDR-150, TDR-300, TDR-350, МС-7828 SOIL, Extech
                                                   MO750, Gouevn



                   Mustaqil ishlash uchun savollar:

                   1.  Tuproqning nam sig‘imi nima va u necha turga bo‘linadi?
                   2.  Tuproqdagi foydali namning umumiy miqdori qanday hisoblanadi?
                   3.  Tuproqdagi namlik zahirasi o‘simliklarga va dala ishlariga qanday ta’sir
            ko‘rsatadi?
                   4.  Tuproq namligini neytron usulida aniqlash nimaga asoslangan?


                         TUPROQNING NAM SIG’IMINI ANIQLASH USULLARI

                   Kapillyar  nam  sig‘imi  (KNS)  ni  aniqlash,  odatda,  dala  va  laboratoriya
            sharoitida olib boriladi. Laboratoriyada KNS quyidagi usulda aniqlanadi. Balandligi
            20-25 sm, diametri 2,0-2,5  sm  bo‘lgan shisha naylar  olinib, bir  tomoni batist  yoki
            doka  bilan  berkitiladi.  So‘ngra  maydalangan  va  teshiklari  1  mm  li  elakchalardan
            to‘ldiriladi va oldindan tayyorlangan suv bilan to‘ldirilgan kristalizator (idish)ga tik
            qilib qo‘yiladi (buning uchun maxsus shtativ o‘rnatilishi lozim). Suv nayning pastki
            qismidan  kapillyar  ko‘tarilish  orqali  uning  yuqorigi  qismi  tomon  harakatlanadi.
            Kuzatish  naylarga  solingan  tuproqning  ustki  qismiga  suv  chiqquncha  davom  etadi
            (suv pardalari natijasida tuproqning ustki qismi yaltiraydi). Mavjud kapillyarlarni suv
            bilan  maksimal  to‘yinishini  ta’minlash  maqsadida  kuzatish  yana  2-3  soat  davom
            ettiriladi.  Shundan  so‘ng  kapillyar  nam  sig‘imini  aniqlash  termik  uslub  yordamida
            olib boriladi (gigroskopik namlikni aniqlash usuliga qaralsin).
                   To‘liq  nam  sig‘imi  (TNS)  ni  aniqlashni  KNS  aniqlangan  naylarda  davom
            ettirish mumkin. Buning uchun KNS aniqlash o‘rtacha namuna olingandan so‘ng shu
   26   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36