Page 32 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 32

naylar  yana  idishdagi  suvga  qayta  to‘yintirish  uchun  qo‘yiladi.  Endi  idishdagi  suv
            qatlami naydagi tuproq balandligi bilan teng bo‘lishi lozim. Buning sababi tuproqda
            butun  g‘ovaklarni  suv  bilan  to‘lishini  ta’minlashdir.  Tuproqda  to‘la  nam  sig‘imini
            hosil qilish uchun naylarni ertalabgacha qoldirib ketish mumkin. Ertasi kuni TNS ni
            termik uslub yordamida aniqlash mumkin.
                   KNS va TNS ni aniqlash va hisoblash tuproqda namlikni o‘rganish usulida olib
            boriladi.
                   [TNS] ni quyidagi formula orqali hisoblash ham mumkin.
                                                            Р                  Р
                                               TNS %=              100 yoki
                                                            
                                                          100               dv
                                                         dv
                   Bu erda,
                   TNS – to‘la nam sig‘imi, tuproq vazniga nisbatan % hisobida;
                   R – tuproqning umumiy g‘ovakligi, % hisobida;
                                                            3
                   dv – tuproqning hajm og‘irligi, g/sm .
                   Misol:  tuproqning  umumiy  g‘ovakligi  (R)  0-20  sm  li  qatlam  uchun  58%  ga
                                                          3
            teng. Uning hajm og‘irligi esa 1,30 g/sm . Bunda

                                                       58
                                            TNS % =       =  44  6 ,  %ga teng bo‘ladi.
                                                        3 , 1

                   TNS ni hisoblash yo‘li bilan ifodalaganda biz shu narsaga e’tibor berishimiz
            lozimki, tuproq to‘la nam sig‘imi holatida unda mavjud bo‘lgan hamma g‘ovakliklar
            suv bilan band bo‘lardi, ya’ni tuproq deyarli ikki qismdan (qattiq va suyuq) iborat
            bo‘lib  qoladi.  Shuning  uchun  ham  TNS  miqdor  jihatdan  umumiy  g‘ovakliklar
            miqdorining hajm og‘irligiga bo‘linmasiga teng bo‘ladi.
                   Tuproqning  maksimal  molekulyar  namligini    A.F.Lebedev  uslubi  bo‘yicha
            aniqlash. Ish tartibi: fizik tahlil uchun tayyorlangan tuproq namunasidan diametri 8-
            10 sm li chinni piyolachaga olib, undan xamirsimon massa tayyorlanadi. So‘ngra shu

            massadan diametri 5 sm, soz va og‘ir qumoq tuproqlar uchun qalinligi 2 mm, engil
            tuproqlar uchun qalinligi 1 mm bo‘lgan “loy kulcha”lar yasaladi. Ularni filtr qog‘oz
            ustiga  qo‘yiladi.  “Loy  kulcha”ning  usti  yana  batist  yoki  oq  surp  bilan  berkitiladi.

            Shundan keyin yasalgan kulchaning pastki va ustki tomoniga 20 qavat filtr qog‘oz
            qo‘yiladi  va  shu  usulda  4-5  ta  namuna  tayyorlanadi.  Har  bir  namunada  tuproq
            chuqurligi va raqami belgilanishi lozim.
                   So‘ngra  tayyorlangan  namunalar  pressga  joylashtiriladi.  Bunda  bir  namuna

            ikkinchisidan  pressning  o‘lchamiga  mos  holda  tayyorlangan  yog‘och  yoki  po‘lat
            plastinkalar  bilan  ajratilishi  lozim.  Bu  plastinkalar  “loy  kulcha”  larning  yaxshi
                                                                                      2
            siqilishini ta’minlaydi. “Loy kulcha”larni press tagida har 1 sm  yuza 65 kg bosim
            bilan (bu bosim, agarda press porsheni diametri 8 sm, tayyorlangan “loy kulcha” ning
                                                                           2
            diametri esa 5 sm bo‘lganda, press manometri 25 kg/sm  ga teng) 10 minut davomida
            siqiladi. Belgilangan vaqtning o‘tishi bilan press bosimi kamaytiriladi va so‘ngra “loy

            kulcha”  larda  qolgan  namlik  miqdori  aniqlanadi.  Agarda  “loy  kulcha”lar  shu
   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36   37