Page 36 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 36
9-jadval
Tuproq tarkibiy qismlarining va alohida minerallarining issiqlik sig‘imi
Issiqlik sig‘imi
Modda og‘irlik hajmiy
3
3
kal/(g grad) j/(g grad) kal/sm grad j/(sm grad)
Kvarsli qum 0,196 0,82 0,517 2,16
Gil 0,233 0,98 0,577 2,42
Torf 0,477 2,00 0,611 2,56
Suv 1,000 4,19 1,000 4,19
Kvars 0,198 0,83 –
Kaolin 0,233 0,97 –
Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi – tuproqning o‘zi orqali issiqlikni
o‘tkazish qobiliyati. Issiqlik o‘tkazuvchanlik 1 sm qalinlikdagi tuproqning 1 sm
2
yuzasidan 1 sekundda o‘tadigan kaloriya yoki joul hisobidagi issiqlik miqdori bilan
o‘lchanadi. Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi, uning mineralogik, mexanik
tarkibiga va organik moddalar miqdoriga hamda tuproq qovushmasi va tuproqning
qattiq, suyuq, gaz fazalari orasidagi o‘zaro nisbatiga bog‘liq. Shunga ko‘ra,
tuproqning tarkibiy qismlari turlicha issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega (10-jadval). Buni
quyidagi ma’lumotlardan bilib olish mumkin:
10-jadval
Tuproq tarkibiy qismining issiqlik o‘tkazuvchanligi
Issiqlik o‘tkazuvchanlik
Modda
2
2
kal/sm sek j/sm sek
Havo 0,00006 0,000210
Suv 0,00136 0,005866
Torf 0,00027 0,001107
Kvars 0,00240 0,00984
Granit 0,00820 0,033620
Bazalt 0,00520 0,021320
Tuproq mineral qismining issiqlik o‘tkazuvchanligi havoga nisbatan o‘rtacha
100 barobar, suvga nisbatan 28 barobar yuqori. Shuning uchun tuproq qanchalik nam
bo‘lsa, uning issiqlik o‘tkazishi yuqori, g‘ovakligi ko‘p bo‘lganda esa issiqlik
o‘tkazuvchanlik past. Yozda tuproqning yuqori qatlamlari quriganda, uning issiqlik
o‘tkazuvchanligi kamayadi, natijada tuproqning yuqori qismlaridan pastga qarab
issiqlik o‘tkazishi ham pasayadi. Kuz davomida tuproqda ko‘proq nam to‘plash, o‘z
navbatida ko‘proq issiqlik zaxirasini ham yaratish imkonini beradi. Bu – kuzgi
g‘allani ertangi sovuqlar ta’sirida muzlashdan saqlab qoladi.