Page 39 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 39
Tuproq yuzasining haroratini o‘lchaydigan termometrlar
Tuproq yuzasining haroratini o‘lchashda suyuqlikli, elektrik bimetall va boshqa
termometrlardan foydalaniladi. Tuproq yuzasining haroratini o‘lchashda asosan
suyuqlikli termometrlardan foydalaniladi.
Muddatli termometr TM–3. Simobli termometr silindrik rezervuarga ega.
Tuproq haroratini o‘lchash lozim bo‘lgan muddatdagi haroratni aniqlash uchun
ishlatiladi (9–rasm).
o
o
Shkalasining har bir bo‘lagi 0,5 C ga teng bo‘lib noldan yuqori 50 C gacha,
noldan past –30 C gacha haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan.
o
9–rasm. Suyuqlikli (muddatli) termometrning tuzilishi:
1–shkala mahkamlagich; 2–shisha g‘ilof; 3–shkala; 5–
kapillyar trubka; 6–rezervuar
Maksimal termometr TM–1. Ma’lum muddat o‘rtasidagi tuproq yuzasi
haroratning maksimal qiymatini o‘lchashga mo‘ljallangan (8–rasm). Simobli va
0
silindrik rezervuarga ega. Shkalasining har bir bo‘lagi 0,5 C ga teng. Termometr
gorizontal holatda ishlatiladi (biroz rezervuar tomonga egilgan holda o‘rnatiladi).
Rezervuarning 1 pastki qismiga shisha naycha 3 bilan rezervuar tutashgan joyni
toraytiruvchi shtift o‘rnatilgan 2. Harorat oshganda, rezervuardagi simob shisha
naycha bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi. Harorat pasayganda dastlab naycha ichidagi
simob, ishqalanish kuchi sababli naychaning toraygan joyidan rezervuarga tusha
olmaydi. Ya’ni kapillyarlik uziladi va simobning yuqori sathi shu joyda to‘xtab
qoladi. Agar yana harorat ko‘tarilsa, simobning kengayish kuchi naychadagi simobni
yuqoriga ko‘taradi. Shunday qilib, ma’lum vaqt oralig‘idagi maksimal harorat
aniqlanadi.
Minimal termometr TM–2. Tuproq yuza qismining ma’lum vaqt oralig‘idagi
eng past haroratni ko‘rsatadi (10–rasm). Termometr rezervuari spirt bilan to‘ldirilgan.