Page 43 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 43
Tuproq chuqurliklari haroratining ahamiyati. Tuproqning turli
chuqurliklardagi haroratini o‘rganish va u haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish
meteorologlar, iqlimshunoslar, qishloq xo‘jaligi xodimlari, quruvchilar va
melioratorlar uchun muhim amaliy ahamiyatga ega. Tuproq yuzasi quyosh
radiatsiyasini issiqlik energiyasiga aylantiruvchi faol yuza vazifasini o‘taydi.
Tuproqning ichki qismlari issiqlikni akkumulyasiya qiladi va shu bilan yer sharining
iqlimiga ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligida tuproqning turli chuqurliklaridagi (5–10
sm) haroratni bilish o‘simliklar urug‘ining unib chiqishiga ta’sir ko‘rsatsa, undan
chuqurroq qismlarda o‘simlik ildizlarining faoliyatiga, oziqa elementlarning
harakatchanligiga, mikroorganizmlar faoliyatiga, tuproqning suv rejimiga,
sho‘rlanishiga v.b holatlarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Turli xil chuqurliklarda tuproq haroratini o‘lchaydigan asboblarning tuzilishi,
o‘rnatilishi va ulardan hisob olish tartibini bilish qishloq xo‘jalik xodimlari,
gidrometeorologoya mutaxassislari uchun juda muhim ahamiyatga ega. Tuproq
chuqurlik qismining harorati asosan Savinov termometri (0–20 sm), tortib olinadigan
termometrlar bilan o‘lchanadi. Bundan tashqari, termometr TET–2, termometr M–
54–2 kabi elektrotermometrdan ham foydalaniladi.
Savinov termometri TM–5
Ushbu termometr yilning issiq davrlarida tuproqning 5, 10, 15 va 20 sm
chuqurliklardagi haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan simobli termometrdir. Asbob
o
shkalasining har bir bo‘lagi 0,5 C ga teng. Rezervuari silindrik shaklda bo‘lib,
o
rezervuardan biroz yuqorida termometr korpusi 135 C ga egilgan. Rezervuar bilan
shkala o‘rtasidagi (simob harakatlanadigan) shisha naychaning atrofi issiqlikni
himoya qiluvchi material bilan o‘ralgan. Bu termometr g‘ilofiga tegib turgan
rezervuardan yuqoridagi tuproq haroratining ta’siridan himoya qiladi va
mo‘ljallangan chuqurlikdagi tuproq haroratini aniq o‘lchashga yordam beradi.
Savinov termometrlari meteorologik maydonchadagi, maxsus o‘tdan
tozalangan, shudgorlangan tuproqqa (13–rasm, b), tuproq yuzasining haroratini
o‘lchaydigan termometrlarning g‘arb tomoniga ulardan 20 sm uzoqlikda o‘rnatiladi.
Termometrlarni o‘rnatish uchun sharqdan g‘arbga qaragan yo‘nalishda shimol
0
tomonga 30 qiyalikda, uzunligi 40 sm, eni 25 sm va chuqurligi 20 sm li o‘ra
qaziladi. O‘raning shimoliy qismi devori tik qilib kesiladi. Tik devorga sharqdan
g‘arbga qarab 5, 10, 15, 20 sm chuqurlikda termometr rezervuari yonma–yon
joylashadigan qilib devordan gorizontal bo‘ylab chuqurchalar qilinadi (5.2.1–rasm).
Termometrning rezervuari o‘ra devoriga zich qilib tiqib qo‘yiladi. Har bir
termometr oralig‘idagi masofa gorizontal bo‘yicha 10 sm ga teng bo‘lishi kerak.
Termometrning tuproqdan chiqib turgan qismi bilan tuproq yuzasi o‘rtasidagi
0
burchak 45 ga teng bo‘lishi lozim (13–rasm, a). So‘ngra kovlangan chuqurning
tuprog‘i imkon darajasida gorizonti buzilmagan holda qayta o‘z joylariga
joylashtiriladi.