Page 47 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 47
koeffitsienti kiritiladi. Termometrlarning 80 sm dan chuqurda o‘rnatilganlaridan
00
sutkada bir marta (soat 15 da) hisob olinadi.
Agrofizika ilmiy-tekshirish instituti (AFI) olimlari tomonidan tuproqning
issiqlik rejimini o‘rganish maqsadida yarim o‘tkazgichli termometrlar ishlab
chiqilgan.
Mustaqil ishlalsh uchun savollar:
1. O‘zbekiston tuproqlarining issiqlik rejimini qaysi olimlar o‘rgangan?
2. Tuproqning issiqlik rejimi deganda nimani tushunasiz?
3. Tuproqning issiqlik balansi deganda nimani tushunasiz?
4. Issiqlik balansining elementlariga nimalar kiradi?
TUPROQ SHO’RLANISHINI ANIQLASHNING
ELEKTROKONDUKTORLIK USULI
(Yu.I.Suirokova, N.Sh.Sharafutdinovalar ma’lumoti)
Elektr o‘tkazuvchanlik – bu tuproq eritmasining elektr tokini o‘tkazish
xususiyatining miqdoriy ifodalanishidir. Tabiiy suvlarning elektrni o‘tkazish
xususiyati, asosan suvda erigan mineral tuzlar konsentratsiyasi va haroratiga
bog‘liqdir. Tabiiy suvlar tarkibida kuchli elektrolitlarning aralash eritmalari mavjud
--
++
-
+
+
-
bo‘ladi. Suvning mineral tarkibida Na , K , Ca , Cl , SO 4 , HCO 3 ionlari uchraydi.
Ushbu ionlar eritmaning elektr o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi. Agar suvda Fe 2 ,
+
-
+
--
Mn 2 , Al 3 , NO 3 , HPO 4 , H 2PO 4 kabi boshqa ionlar kam miqdorda bo‘lsa, elektr
-
+
o‘tkazuvchanlikka sezilarli ta’sir etmaydi. Tabiiy suvning elektr o‘tkazuvchanligi
miqdori bo‘yicha avvaldan aniqlangan bog‘liqliklar yordamida suvning
minerallashganligi haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
Mineral moddalarni ularning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha
miqdorini baholashda tug‘iladigan qiyinchiliklar turli tuzlar eritmalarining
solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi bir xil emasligi, qolaversa harorat ortishi bilan
elektr o‘tkazuvchanlikni oshib borishi bilan bog‘liqdir.
Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik qiymati, asosan, noorganik elektrolitlarning
umumiy konsentratsiyasining taxminiy ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi, bu
ko‘rsatkich suv muhitining holatini kuzatib borishda va suvning minerallashganlik
darajasini baholashda foydalaniladi.
Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik – muhitga antropogen ta’sirning qulay va
umumiy indikator ko‘rsatkichi hisoblanadi. Tuproq va suvning sho‘rlanganligini
2
elektr o‘tkazuvchanligini (elektrokonduktometriya usuli) o‘lchash yo‘li bilan
aniqlash dunyo amaliyotida 1955 yildan boshlab qo‘llanilib kelinmoqda. Fizik –
kimyo kursidan bizga ma’lum bo‘lgan dissotsiatsiyalanish qonuniga muvofiq
Elektr o’tkazuvchanlik – (ЕС) elektr qarshilikka teskari qiymat bo’lib, simenslarda o’lchanadi (S)
2