Page 50 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 50
Mazkur asbobning chet el analogiga nisbatan quyidagi afzallik xususiyatlariga
ega:
- turli eritmalarda (so‘rim, ekstrakt), shuningdek tuproq-suv suspenziyalarida
va pastalarida o‘lchash imkonini beruvchi universal elektrodga ega;
- chet el analoglariga mahalliy iste’molchilar uchun nisbatan hamyonbopligi
va hammabopligi bilan ajralib turadi (asbob buyurtma bo‘yicha tayyorlanadi).
Laboratoriyada asbobni statsionar, dala va laboratoriya sharoitida foydalanish
uslubi ishlab chiqilgan, foydalanuvchi uchun instruksiya tuzilgan va o‘qitish ishlari
olib boriladi. Buyurtmasining hohishiga ko‘ra, turli tabiiy sharoitlarda shakllangan va
kimyoviy tarkibi bilan bir-biridan farqlanuvchi tuproqlar va suvlar uchun kalibr
grafigi va jadvallari tuzib beriladi.
O‘zbekiston sharoitida tuproqlarning sho‘rlanganligini baholashda elektr
o‘tkazuvchanlik (elektrokonduktometriya) uslubini joriy etish maqsadida olib
borilgan tadqiqotlar. Ilk marotaba O‘rta Osiyo hududida sho‘rlanish jarayonini
baholashda elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash uslubidan foydalanish bo‘yicha
WUFMAS loyihasi doirasida keng miqiyosdagi tadqiqotlar olib borildi.
To‘yingan tuproq eritmalarining (EC e) (tuproq eritmalarining namligi TDNS ga
mos bo‘lishi) elektr o‘tkazuvchanligini aniqlash amaliyotda amalga oshirilishi
murakkab bo‘lgan jarayon hisoblanadi, chunki bu parametr suvli so‘rimi (EC 1:5) va
tuproq-suv suspenziyasini (EC 1:1) elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchash asosida
hisoblash yo‘li bilan topiladi.
To‘liq dala nam sig‘imigacha (TDNS) to‘yingan tuproq ekstraktlari va 1:1
(EC 1:1) nisbatdagi tuproq-suv eritmalarining tuproqning elektr o‘tkazuvchanligi (EC)
ko‘rsatkichini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus tajribalardan
olingan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, sho‘rlangan tuproqlarda elektr
o‘tkazuvchanlik 2 dan 50 dS/m oralig‘ida bo‘lganda 1:1 nisbatda olingan eritmaning
elektr o‘tkazuvchanligini solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikka aylantirish
koeffitsienti 3,3-3,7 oralig‘ida o‘zgarib turadi (19-rasm).
50
45 До 20 dS/m
40 До 30 dS/m y = 3,7x
2
35 До 50 dS/m R = 0,9
n=94
30 Линейный (До 30
dS/m)
Электрическая проводимость насыщенных экстрактов(почвенных растворов при ППВ) ECe, dS/m 25 y = 3,3x Линейный (До 50 y = 3,5x
dS/m)
2
R = 0,8 Линейный (До 30
20 n=85 dS/m) R = 0,9
2
Линейный (До 20
15 dS/m) n=90
10
5
0
0 2 электрическая проводимость почвенно-водных суспензий EC 1:1, dS/m
8
14
12
10
4
6
19-rasm. O‘zbekiston tuproqlari uchun to‘yingan tuproq eritmalarining (TDNS)
elektr o‘tkazuvchanligiga o‘tkazish uchun tuproq-suv suspenziyalarining elektr
o‘tkazuvchanligini hisoblash koeffitsientini aniqlash (ESe=KxES1:1),
(N.Sh. Sharafutdinova ma’lumoti)