Page 46 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 46
Termometr 1, maxsus g‘ilof (gardish) 2 ichiga o‘rnatilgan. Gardishning eng
pastki qismiga metall qalpoqcha 3 kiygizilgan. Qalpoqchaning ichiga rezervuarni
o‘rab turuvchi mis qirindisi solingan. Bu tashqi haroratni yaxshi o‘tkazib rezervuarga
yetkazish uchun xizmat qiladi. Termometrlar maxsus yog‘och tayoqchalarga 4
mahkamlangan. Bu tayoqchalar termometrlarning o‘rnatilish chuqurligiga qarab
uzaytirib boriladi. Termometrlarni chuqurdan tortib olish uchun eng yuqori qismiga
qalpoqcha 5 va halqa 6 o‘rnatilgan. Tuproq haroratini o‘lchash uchun tayyorlangan
chuqurlarga plastmassali yoki ebonetli trubachalar 7 tushiriladi. Termometr
rezervuariga o‘rnatilgan metall qalpoqcha 8 skvajinaning tagiga tegib turadigan qilib
o‘rnatiladi.
Termometrlar va yog‘ochning asosiy og‘irligini yerdan tashqarisiga chiqib
turgan qalpoqcha ushlab turadi va bir vaqtda ebonentli trubaning og‘zini ham yopib
turadi. Trubalarning yerga kirib turgan qismi yashil, yerdan chiqib turgan qismi esa
oq rangga bo‘yaladi. Meteorologik maydonchada tortib olinadigan termometrlar
tabiiy holati buzilmagan ochiq maydonchaga o‘rnatiladi. Tanlangan joy Savinov
termometlari o‘rnatilgan joydan 3–4 m sharqda, sharqdan g‘arbga tomon chuqurligi oshib boruvchi tartibda
ochiq maydonga o‘rnatiladi.
Chuqurlarning (skvajina) oralig‘i 50 sm tashkil etadi (16–rasm). Trubaning yerdan chiqib turgan
qismi 0,5–1 m bo‘lishi kerak. Termometrlarning shimol tomoniga termometrlardan 30 sm uzoqlikda,
yog‘och zina orqali chiqadigan va balandligi trubaning balandligi bilan teng bo‘lgan, olib qo‘yiladigan
yo‘lak–ko‘prikcha yasaladi. Harorat o‘lchangandan so‘ng yog‘och yo‘lak–ko‘prikchalar olib qo‘yiladi.
16–rasm. Tortib olinadigan tuproq termometrining meteorologik maydonchada
o‘rnatilishi va tashqi ko‘rinishi.
Trubaning uchidagi halqadan ushlab termometr tuproqdan tortib olinadi va
tezda undan hisob olib, yana joyiga qo‘yiladi. Hisob olishda dastlab gradusning
o‘ndan bir bo‘lagi, keyin to‘liq graduslar aniqlanadi. Shkala ko‘rsatishiga tuzatma