Page 48 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 48
eritmada elektrolitlar konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, solishtirma elektr
3
o‘tkazuvchanlik ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Mazkur uslubni amaliyotda tuproq va suvning sho‘rlanganlik darajasini nazorat
qilishga joriy etish quyidagilarga asoslanadi:
- uslubni jahon tajribasida 50 yil davomida qo‘llanilayotganligi (1);
- uni O‘rta Osiyo tuproqlari sharoitiga moslashtirish imkoniyati mavjudligi
(2);
- elektrokonduktometr – asbobiga mahalliy iste’molchilar tomonidan ehtiyoj
borligi (3);
- tuproqlarning sho‘rlanishini monitoring qilish uslubini takomillashtirish
zarurligi.
Tuproqlar sho‘rlanishini aniqlashning elektrokonduktometriya uslubi klassik
uslub hisoblangan kimyoviy tahlil qilish uslubining yangi imkoniyati (alternativasi)
hisoblanadi.
Tuproqda erigan moddalar miqdorini aniqlash sho‘rlanish tufayli qishloq
xo‘jalik ekinlari hosiliga etkazilgan zarar va uni yo‘qotilishini oldini olishda muhim
hisoblanadi, chunki o‘simliklar tuproq eritmasining elektr o‘tkazuvchanligini
o‘lchash natijalari bo‘yicha hisoblanadigan eritmaning osmotik potensialiga
4
ta’sirchan hisoblanadi .
1
ЕС = s
ом
Uslubni O‘zbekistonda joriy etilishi. Odatda, tuproq yoki suv namunalarining
sho‘rlanganlik darajasini aniqlash maqsadida laboratoriya sharoitida to‘liq yoki
qisqartirilgan kimyoviy tahlillar bajariladi. Bu sermashaqqat ish bo‘libgina qolmay,
balki etarlicha vaqt va reagentlar, maxsus asbob-uskunalar va malakali kadrlarni talab
etadigan jarayon hisoblanadi.
Ko‘p yillar davomida chet el amaliyotida tuproq va suvning sho‘rlanganlik
ko‘rsatkichi sifatida eritmaning elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchash uslubi
qo‘llanilmoqda, klassifikatsiyalari, statsionar sharoitda o‘lchash asboblari va portativ
(ko‘tarib yurishga qulay bo‘lgan) elektrokonduktometrlarning seriyali tiplari ishlab
chiqarilgan.
Respublikamiz amaliyotida laboratoriya sharoitida quruq qoldiqni bilvosita
aniqlash maqsadida elektrokonduktometriya uslubi (Chexiyada ishlab chiqarilgan
“Tigran” statsionar konduktometri) qo‘llanildi. Namunalarning reprezentativ
miqdorida (o‘rganilgan eritmaning taxminan 10 % namunasi) elektr o‘tkazuvchanlik
3 Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik (ЕС) – 1 metrdagi detsisimens (dS/m), 1 santimetrdagi
millisimens (mS/cm) ва 1 mikrosimens (µS/cm) larda o’lchanadi.
1S/m = 10 dS/m = 10 mS/cm
1dS/m = 1 mS/cm = 1000 µS/cm
To’yingan tuproq eritmasining elektr o’tkazuvchanligiga osmotic potensialining taxminiy
4
bog’liqligi: осм = 36,0 ЕСе