Page 51 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 51

Tajribalarni ko‘rsatishicha, tuproq-suv suspenziyalarini tayyorlashda tuproq va
            suvni 1:5 nisbatda emas, 1:1 nisbatda olinishi maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bu nisbat
            ko‘proq gipsli tuproqlar uchun to‘g‘ri keladi va tez aniqlash uchun qulay hisoblanadi.
            Respublika tuproqlarining EC e dagi suspenziya (EC 1:1) larini o‘lchash ma’lumotlarini
            hisoblash koeffitsientlari maxsus laboratoriya tadqiqotlarida aniqlashtirildi.
                   Sug‘oriladigan erlar tuproq eritmasining elektr o‘tkazuvchanligi 30 dS/m dan
            oshmaydi, ular uchun K=3,5 qo‘llash mumkin. Olib borilgan tadqiqotlar O‘rta Osiyo
            hududlarida tarqalgan tuproqlarning sho‘rlanganligini baholash va (EC e) o‘lchashga
                               5
            asoslangan FAO  klassifikatsiyasidan foydalanish imkonini beradi (13-jadval).

                                                                                                  13-jadval
                            FAO bo‘yicha tuproq sho‘rlanishining klassifikatsiyasi

                                  ECe, dS/m                   Tuproqning sho‘rlanish
                                                                       darajasi

                                      0-2                          Sho‘rlanmagan
                                      2-4                       Kuchsiz sho‘rlangan
                                      4-8                       O‘rtacha sho‘rlangan
                                     8-16                        Kuchli sho‘rlangan
                                     > 16                      Juda kuchli sho‘rlangan

                   Elektrokonduktometriya uslubi FAO tomonidan qabul qilingan klassifikatsiya
            bo‘yicha sho‘rlangan tuproqlarni tez va aniq aniqlash imkonini beradi. Buning uchun
            tuproq suspenziyasini elektr o‘tkazuvchanligini etarlicha aniqlash va EC 1:1 qiymatini
            3,5  koeffitsientga  ko‘paytirish  kerak,  olingan  EC e  qiymat  41-jadval  bo‘yicha
            baholanadi.
                   Elektr o‘tkazuvchanlik uslubi tuproq sho‘rlanganda tuproq eritmasida yuzaga
            keladigan  osmotik  ta’sirni  hisoblashiga  qaramasdan  ushbu  uslub  asosida  olingan
            ma’lumotlar  klassik  uslublar  asosida  olingan  ma’lumotlar  (xlor  ioni,  zaharli  tuzlar
            yig‘indisi) bilan solishtirishtirilganda, ular bir-biriga to‘la mos kelishini va mazkur
            uslubni  tuproq  sho‘rlanishini  tez  va  samarali  nazorat  qilishda  amaliyotda  to‘liq
            qo‘llash mumkinligini ko‘rsatdi (14-jadval).
                   Eng  ko‘p  mos  kelish  zaharli  tuzlar  yig‘indisi  va  elektr  o‘tkazuvchanlik
            o‘rtasida kuzatildi (50 dan 80 % gacha, 46-jadval), bu esa elektrokonduktometriya
            Tuproq  namunalarining  sho‘rlanish  darajasini  va  (Na  miqdori)  yuqorida  keltirilgan
            klassik  uslub  natijalari  bo‘yicha  baholash  ko‘pchilik  hollarda  o‘zaro  bir-biridan
            farqlanishini     ko‘rsatadi.     Tajriba     maydonlaridagi        tanlangan      nuqtalarning
            sho‘rlanganlik  darajasini  ECe,  Cl  ioni  va  zaharli  tuzlar  yig‘indisi  bo‘yicha



                 5  FAO (Food and Agriculrute Organization) – turli davlatlar qishloq xo’jaligini rivojlantirishi
                 va oziq-ovqat zahiralari masalalari bilan shug’ullanuvchi xalqaro davlatlararo tashkilot.
   46   47   48   49   50   51   52   53   54   55   56