Page 52 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 52

baholanganda, Cl ioni va zaharli tuzlar yig‘indisi bo‘yicha ma’lumotlar har doim ham
            bir-biriga mos kelmasligini ko‘rsatdi.
                                                                                                  14-jadval
                    Turli klassifikatsiyalar bo‘yicha tuproqlarning sho‘rlanish darajasi

                  O‘rganilgan ob’ektlar nomi        O‘rganilgan      Klassifikatsiyalar bo‘yicha tuproq
                                                     namunalar        sho‘rlanishini baholashning bir-
                                                        soni                 biriga mos kelishi
                                                                          Tasodifiy mos kelish, %
                                                                    EC, dS/m      Cl, % -     EC, dS/m -
                                                                     – Cl, %      ∑zaharli     ∑zaharli
                                                                                 tuzlar, %     tuzlar, %
               Sirdaryo    viloyati,   G‘.G‘ulom         29             21           28            28
               xo‘jaligi
               Sirdaryo     viloyati,    Siddiqov        175            31           42            53
               xo‘jaligi
               Surxondaryo  viloyati,  Talashkon         30             33           47            33
               xo‘jaligi
               Namangan viloyati                         37             41           38            65
               Qoraqalpog‘iston Respublikasi             15             73           67            80

                   Uslubini  tuzlarning  zaharlilik  xavfini  yetarlicha  aniqlashda  qo‘llash  mumkin
            ekanligidan dalolat beradi.
                   FAO  uslubi  bo‘yicha  tuproqlarning  sho‘rlanishini  baholash  to‘yingan  tuproq
            eritmalarining  elektr o‘tkazuvchanligiga  ko‘ra olib boriladi. To‘yingan           eritmalarni
            tayyorlash  faqatgina  laboratoriya  sharoitida,  maxsus  asboblar  yordamida  amalga
            oshirilishi lozim, shu sababdan tuproq eritmasining elektr o‘tkazuvchanligi qiymatini
            tuproq-suv suspenziyalari va so‘rimining elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchash asosida
            hisoblash yo‘li bilan aniqlash maqsadga muvofiqdir.
                   Dala sharoitida tuproq sho‘rlanishini portativ elektrokonduktometr yordamida
            to‘g‘ridan-to‘g‘ri  aniqlash  imkoniyati  mavjudligi  bois,  laboratoriya  xodimlari
            tomnidan  respublikaning  turli  tuproqlarida  tadqiqotlar  olib  borildi  va  Sirdaryo
            viloyati, Farg‘ona viloyati, Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida
            tanlangan nuqtalarda 3 qaytariqda tajribalar qo‘yildi. Tajribalar davomida tuproqlar
            sho‘rlanish  tipining  deyarli  barchasini  qamrab  olinishiga  e’tibor  berildi:  ya’ni,
            tadqiqodlar  xloridli,  sulfat-xloridli,  xlorid-sulfatli  va  sulfatli  sho‘rlanish  tipiga
            mansub  tuproqlarda  olib  borildi.  Ularning  mexanik  tarkibi  qumloqdan  og‘ir
            qumoqgacha o‘zgarib turadi, to‘yingan tuproq eritmalarining sho‘rlanish darajasi 2,6
            dan  49,2  dS/m  gacha  o‘zgarib  turadi.  Sulfatlar  miqdori  1,7-22,6  mg/ekv,  xlor
            ionining miqdori esa 0,28-7,6 mg/ekv oralig‘ida tebranib turadi. Tadqiqotning asosiy
            mohiyati  o‘tuvchi  koeffitsient  K ga  ta’sir  etuvchi  omillarni  va  unga  yaqin  bo‘lgan
            qiymatni aniqlashdan iborat.
                   Shuningdek,  o‘rganilgan  namunalardan  tuproq  eritmalari  tayyorlanib,  ushbu
            eritmalarda paralel ravishda ECe (tuproq eritmasining elektr o‘tkazuvchanligi), EC 1:5
            (1:5  nisbatdagi  suvli  so‘rimning  elektr  o‘tkazuvchanligi)  va  EC 1:1  (1:1  nisbatdagi
            tuproq-suv suspenziyasining elektr o‘tkazuvchanligi) aniqlanildi.
   47   48   49   50   51   52   53   54   55   56   57