Page 53 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 53
Tajriba natijalari asosida amaliyotda uslubni qo‘llash sharoitlari va qayta ko‘rib
chiqilgan lokal koeffitsientlarni tuproq sho‘rlanishini baholashda foydalaniladigan
xalqaro (ECe bo‘yicha) va klassik (zaharli tuzlar yig‘indisi bo‘yicha)
klassifikatsiyalarga solishtirish mumkinligi isbotlandi.
O‘zbekistonda sho‘rtoblanish jarayoni kuzatilmasligi bois ushbu
soddalashtirilgan uslubni keng miqiyosda qo‘llanilishini tavsiya etish imkonini
beradi.
Idoralar tomonidan qabul qilingan normativ reglamentiga muvofiq 2007 yildan
boshlab meliorativ xizmat tuproq sho‘rlanishini 1:1 nisbatdagi tuproq-suv
suspenziyasining elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchash, ESe ni hisoblash (klassik ishlab
chiqarishda portativ elektrokonduktometrlarni qo‘llanilishi) orqali baholashga o‘tildi,
shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri dala sharoitida tuproq namunalari olmasdan genetik
qatlamlar bo‘yicha tuproq sho‘rlanishini baholash imkonini beruvchi shtirli
elektrokonduktometrlar qo‘llanilmoqda. Biroq, hozirgi kunga qadar laboratoriyalarda
bu uslub to‘la ravishda qo‘llanilmayapti, erlarning sho‘rlanganligini baholashda
natijalarning farq qilishi, shuningdek tahlil uchun reagentlar vositalar sotib olishda
sezilarli xarajat qilishni talab etuvchi eski uslubni afzal ko‘rishmoqda.
Eng minimal iqtisodiy samaradorligi – bu dala ishlarining hajmi 2 barobar
kamayishi va analitik ishlar umuman bajarilmasligidir. Keltirilgan 2 uslub ham
sho‘rlanish s’yomkalari, sho‘rlanish darajasini baholash ishlarini o‘tkazish ishlarini
sezilarli tezlashtirish imkonini beradi, turli kimyoviy reaktivlar va yuqori malakali
kadrlarni talab etilmaydi. Bu esa Meliorativ kadastr ishlarini olib borishda
sho‘rlangan erlarni tarqalishi haqida ishonchli ma’lumotlar olish imkonini beradi.
Meliorativ kadastrning sifatini oshirish melioratsiya ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va
mablag‘ni to‘g‘ri sarflashda muhim hisoblanadi.
“IKS-EKSPRESS” asbobini kalibrlash va harorat tuzatish
koeffitsientlarini qo‘llash qoidalari. Bizga ma’lumki, amaliyotda meliorativ
ekspeditsiya ishlarini olib borishda yangi asbob-uskunalar bilan ishlaydigan
xodimlarda asboblardan to‘g‘ri foydalanishda ko‘pgina savollar tug‘iladi. YAngi
uslublarni joriy etish uchun meliorativ ekspeditsiya laboratoriyalarida asboblarni
mustaqil kalibrlash (o‘lchov asboblarining aniqligini boshqa bir asbob bilan tekshirib
to‘g‘rilash), shuningdek haroratni o‘lchash va o‘lchash natijalariga harorat
tuzatmalarini kiritish kabilarni xodimlarga tushuntirish ishlari bo‘yicha o‘qitish
kurslarini tashkil etish lozim.
Konduktometrning ishlash prinsipi suvda erigan birikmalarning miqdoriga
bog‘liq ravishda suvning (asbob elektrodlari yordamida yaratiladigan o‘zgarmas
elektr maydonidagi tok kuchi) elektr o‘tkazuvchanligini to‘g‘ridan – to‘g‘ri
aniqlashga asoslangan. Elektr o‘tkazuvchanlik harorat ortishi bilan oshib boradi, shu
sababdan uni hisobga olish zarur. Haroratning 1 C ga oshganda elektr
0
o‘tkazuvchanlik taxminan 2 % ortishi kuzatiladi. Demak, solishtirma elektr
0
o‘tkazuvchanlik qiymati eritmalarning haroratiga bog‘liq bo‘ladi, +25 C haroratda
o‘lchangan natijalarni standart ko‘rsatkich deb olish mumkin. O‘rganilayotgan
eritmaning haroratini o‘lchash uchun stakanga elektrodlar tushiriladi va datchiklar
haroratini eritma haroratigacha to‘g‘rilash maqsadida taxminan 40-60 sekund ushlab
turiladi, so‘ngra “O‘lchash” tugmasi bosiladi va harorat ma’lumoti ish jurnaliga qayd