Page 54 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 54

etiladi.  Ba’zan  asbobning  ko‘rsatkichini  namuna  eritmasi  bo‘yicha  to‘g‘rilash
            zaruriyati tug‘iladi. Namuna eritmasi sifatida osh tuzi (NaCl) eritmasidan foydalanish
            mumkin. Bunday hollarda quyidagi eritmalarni tayyorlash talab etiladi.
                   0,01n  KCl  kalibr  eritmasini  tayyorlash  tartibi.  KCl  ning  kimyoviy  toza
            kukunidan 0,743 g namuna tortiladi va hajmi 1 l bo‘lgan kolbaga solinadi. Kolbaning
            yarmigacha  distillangan  suv  quyiladi  va  yaxshilab  chayqatiladi.  KCl  tuzi  to‘liq
            erigandan so‘ng kolbaning o‘lchov belgisigacha distillangan suv quyiladi.
                                  3
                   0,01 mol/dm konsentratsiyali KCl eritmasini tayyorlash tartibi. O‘zgarmas
                                0
            massagacha  500 S  haroratda  qizdirilgan  kaliy  xlor  tuzidan  0,746  g  torozida
            o‘lchanadi,  so‘ngra  hajmi  1  l  li  kolbaga  solinadi  va  bir  oz  distillangan  suv  bilan
            eritiladi  hamda  o‘lchov  belgisigacha  distillangan  suv  quyiladi.  Tayyor  eritma
            yaxshilab aralashtiriladi.
                   Konduktometrning            konstantasi      (o‘zgarmas        soni)     ni    aniqlash.
                                                         3
            Konduktometr datchiklari 0,01 mol/dm konsentratsiyali KCl eritmasiga botiriladi va
            uning  elektr  o‘tkazuvchanligi  aniqlanadi.  Datchik  konstantasi  (X),  sm-1quyidagi
            formula bo‘yicha hisoblab topiladi:



                   bu yerda,
                   1,411 - 0,01 mol/dm konsentratsiyali KCl eritmasining 25 C haroratdagi elektr
                                                                                     0
                                           3
            o‘tkazuvchanligi, mSm/cm;
                   a  -  0,01  mol/dm     3   konsentratsiyali  KCl  eritmasining  o‘lchangan  elektr
            o‘tkazuvchanligi, mSm;
                                                                                  0
                   k  –  ma’lum  haroratda  o‘lchangan  qiymatni  25 C  haroratdagi  elektr
            o‘tkazuvchanlikka o‘tkazish uchun tuzatish koeffitsienti.
                   Harorat  kompensatori  bo‘lmagan  hollarda  kaliy  xlorid  eritmasining  harorati
            laboratoriya  termometri  yordamida  aniqlanadi  va  quyidagi  15-jadval  bo‘yicha
            koeffitsientning qiymati topiladi.
                   Agar laboratoriyada kaliy xlorid bo‘lmasa, asbobning kalibr eritmasi uchun
            natriy xlorid (NaCl) dan foydalanish ham mumkin.
                                                                                                  15-jadval
                                                                         0
                      Ma’lum haroratda o‘lchangan qiymatni 25 C haroratdagi elektr
                           o‘tkazuvchanlikka o‘tkazish uchun tuzatish koeffitsienti

                           0 C                   K                    0 C                   K
                           15                  1,254                  23                  1,044
                           16                  1,224                  24                  1,021
                           17                  1,196                  25                  1,000
                           18                  1,168                  26                  0,979
                           19                  1,142                  27                  0,960
                           20                  1,118                  28                  0,941
                           21                  1,092                  29                  0,923
                           22                  1,067                  30                  0,906
   49   50   51   52   53   54   55   56   57   58   59