Page 44 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 44
a
b
13–rasm. Savinov tuproq termometrlari
Termometrlarning holatini bir xil tutib turish uchun maxsus yog‘och tirgak
o
termometr korpusiga tirab qo‘yiladi. Termometrdan 0,1 C aniqlikda hisob olinadi.
Termometr - shchup AM–6
Tuproq haydov qatlamining turli chuqurliklaridagi haroratni o‘lchaydi (14–
rasm). Termometr rezervuari toluol suyuqligi bilan to‘ldirilgan. Shkalasining har bir
bo‘lagi 1 C ga teng. Metall yoki plastmassali g‘ilofning 4 ichida rezervuarga shisha
o
naycha ulangan. Termometrning pastki qismi uchli qilib yasalgan rezervuarni
himoyalovchi konussimon moslamadan 3 iborat. Rezervuar ebonetli himoya qiluvchi
prokladka va mis qirindisi 2 bilan himoyalangan.
Asbobning yuqori qismida shkala joylashtirilgan 1, eng yuqori qismida dastak
6 mavjud. Termometr tik holatda o‘rnatilishi lozim. Termometrning himoyalangan
qismida tuproq chuqurliklari 0–50 sm gacha shkala 7 yozilgan. Termometr kerakli
chuqurlikka o‘rnatiladi. Agar tuproq qattiq bo‘lsa, kerakli chuqurlikkacha asbob erkin
kiradigan o‘ra qilinadi. Termometr tuproqqa o‘rnatilgandan keyin mavjud haroratni
aks ettirishi uchun 10–15 minut kutiladi va so‘ngra hisob olinadi. Hisobning aniqligi
o
0,5 C ga teng bo‘lishi lozim. Termometrni doimo vertikal (tik) holda bo‘lishiga
alohida e’tibor berish lozim.