Page 41 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 41

moslama  3  o‘rnatiladi.  Kuzatuvchi  yo‘lak–moslama  ustidan  borib  muddatli,

            maksimal va minimal 1 hamda Savinov termometrlaridan 2 hisob oladi (11–rasm).





































            a)                                               b )


                             11–rasm. a) maydonchada termometrlarning joylashishi:
                  1–tuproq termometrlari, 2–Savinov termometri, 3–hisob olish uchun maxsus

                           yo‘lakcha: b) maydonchadagi termometrlarning ko‘rinishi.

                                                                                             0
                   Termometrlardan  hisob  olishda,  shkala  ko‘rsatkichining  0,1 C  aniqligida
            amalga  oshirish  zarur.  Dastlab  muddatli,  keyin  minimal  va  oxirida  maksimal

            termometrlardan hisob olinadi. Maksimal termometrdan hisob olingandan so‘ng uni
            silkitib, qayta o‘rnatiladi.
                   Minimal termometrning to‘g‘ri ishlayotganligini tekshirish uchun dastlab spirt

            sathi eng yuqori qismining ko‘rsatishi va keyin shtiftning ko‘rsatishi yozib olinadi.
            O‘lchov  tugagandan  so‘ng,  termometr  rezervuarini  biroz  yuqoriga  ko‘tarib,  shisha
            shtiftni spirtning ichki tomonidan tashqi pardaga tekkizib, keyin termometr avvalgi

            joyiga qo‘yiladi.
                   Termometrlardan  olingan  ma’lumotga  shkala  tuzatmasidan  tashqari
            qo‘shimcha  tuzatma  ham  kiritiladi.  Bu  tuzatma  minimal  termometrdagi  spirt

            ko‘rsatkichi  bilan muddatli termometrdagi simob ko‘rsatkichlarining o‘rtacha oylik
            farqiga qarab kiritiladi.
   36   37   38   39   40   41   42   43   44   45   46