Page 40 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 40
0
Shkalasining har bir bo‘lagi 0,5 C ga teng. Termometrning rezervuari vilkasimon
yoki silindrik shkalaga ega. Shisha naycha 1 ichidagi spirtga 2 ikki tomoni
yo‘g‘onlashtirilgan yupqa qora shishadan iborat shtiftning shkalada joylashgan
o‘rniga qarab minimal harorat aniqlanadi.
Tuproq harorati pasayganda yengil shtiftni spirtning o‘zi tashqi pardasi 3 bilan
siljitib, pastga qarab olib tushadi. Hisob olishda, shisha shtiftning rezervuarga teskari
tomondagi qismining spirtning tashqi pardasiga tegib turgan qismining ko‘rsatishi
yozib olinadi.
10–rasm. Minimal termometr va uning ichidagi shtiftning ko‘rinishi.
Tuproq yuzasining haroratini o‘lchaydigan termometrlar meteorologik
maydonchaning o‘tdan tozalangan, shudgorlangan va tekislangan, yirik
kesakchalardan holi bo‘lgan 4x6 m o‘lchamdagi qismiga o‘rnatiladi. Har uchala
termometrlar rezervuari sharq tomonga qaratib qo‘yiladi. Termometrlar orasi 10–15
sm bo‘lishi kerak. Termometr rezervuari tuproq ichida bo‘lishi uchun termometr
tanasining yarmi tuproqqa kirgizilgan holda rezervuar tomonga biroz qiya qilib
o‘rnatiladi. Termometrni o‘rnatishdan oldin spirt ichidagi shtift spirt sathining tashqi
pardasiga tekkizib qo‘yiladi. Termometr ko‘rsatishi muddatli termometr
ko‘rsatkichiga yaqin bo‘lishi kerak. Tuproq termometrlaridan hisob olish uchun
(tuproq zichligini oshirmaslik uchun) maxsus yog‘och reykalardan iborat yo‘lak–