Page 35 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 35

Tuproqning  issiqlik  xossalari.  Tuproqning  issiqlik  xossalariga:  tuproqning

            issiqlik  singdirishi,  issiqlik  sig‘imi  va  issiqlik  o‘tkazuvchanligi  kiradi.  Tuproqning
            issiqlik  singdirishi  –  tuproqning  quyosh  energiyasini  qabul  qilib,  singdirish
            xossasidir.  Tuproqning  bu  xossasi  odatda  albedo  (A)  ko‘rsatkichi  bilan
            xarakterlanadi.  Albedo  qanchalik  kam  bo‘lsa,  tuproq  quyosh  energiyasini  shuncha

            ko‘p  singdiradi.  Albedo  tuproqning  rangiga,  namligiga,  struktura  holatiga,  tuproq
            yuzasining tekisligiga va o‘simlik qoplamiga bog‘liq (8-jadval). To‘q tusli, gumusga
            boy tuproqlar och tusli tuproqqa nisbatan va nam tuproq quruq tuproqqa qaraganda

            quyosh energiyasini ko‘proq singdiradi va albedo ko‘rsatkichi past bo‘ladi.

                                                                                                     8-jadval
                    Turli tuproqlar va o‘simlik qoplamining albedosi, % (A.F.Chudnovskiy, 1959)

                       Tuproqlar                Albedo              O‘simliklar               Albedo
            Quruq holdagi qora               14             Bahorgi bug‘doy               10–25
            Nam holdagi qora                 8              Kuzgi bug‘doy                 16–23
            Quruq holdagi bo‘z               25–30          Sabza o‘t                     26
            Nam holdagi bo‘z                 10–12          Qurigan o‘t                   19
            Quruq holdagi gil                23             G‘o‘za                        20–22
            Nam holdagi gil                  16             Kartoshka                     19
                                                            Sholi                         12


                   Tuproqning  issiqlik  sig‘imi  –  tuproqning  issiqlikni  singdirib,  o‘zida  ushlab

            turish qobiliyati bo‘lib, 1 gramm yoki 1 sm  hajmdagi tuproqning 1°C ga qizdirish
                                                               3
            uchun  ketgan  va  kaloriya  bilan  o‘lchanadigan  issiqlik  miqdori  bilan  ifodalanadi.
            Tuproqning  og‘irlik  (yoki  solishtirma)  issiqlik  sig‘imi  va  hajmiy  issiqlik  sig‘imi

            ajratiladi.  Issiqlik  sig‘imi  tuproqning  minerologik  va  mexanik  tarkibiga,  organik
            moddalar  miqdoriga,  uning  g‘ovakligi  va  tuproqdagi  havo  miqdoriga  bog‘liq  (9–
            jadval).  Suvning  issiqlik  sig‘imi  tuproqdagi  mineral  va  organik  moddalardagiga

            qaraganda  ancha  yuqori  bo‘lganidan,  nam  tuproqlarning  haroratini  oshirish  uchun
            quruq tuproqqa nisbatan ko‘proq issiqlik zarur bo‘ladi. Nam tuproqlar sekinroq qizib
            va sekin soviydi, quruq tuproq tezroq qizib, tez soviydi. Soz tuproqlar nam holatida
            qumli  tuproqlarga  qaraganda  ancha  yuqori  issiqlik  sig‘imiga  ega  bo‘lganidan,

            sekinroq  soviydi.  Shuning  uchun  serchirindi  va  og‘ir  mexanik  tarkibli  tuproqlar
            «sovuq»  tuproq,  oz  chirindili,  yengil  (qumli,  qumloq)  tuproqlar  «iliq»  tuproqlar

            jumlasiga kiradi.
                   Tuproqqa  ishlov  berish,  yerni  sug‘orish  yo‘li  bilan  tuproq  g‘ovakligini  va
            namligini  o‘zgartirish  hamda  ma’lum  darajada  tuproqning  haroratini  boshqarish
            mumkin
   30   31   32   33   34   35   36   37   38   39   40