Page 33 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 33
siqilishdan so‘ng yaxshi sinsalar, tahlil tamom bo‘ldi deb hisoblash mumkin. Bordi-
yu “loy-kulcha”lar sinmasdan buklansa, bu namunani qayta press ostida yana 20-30
minut davomida oldingi belgilangan kuch bilan siqish taklif etiladi.
Namlikni aniqlash uchun “loy kulcha” lar sindirilib, oldindan o‘lchangan va
raqamlangan stakanchalarga solinadi, eng oldin ularning ho‘l holatidagi og‘irligi
topiladi. Qolgan ish tartibi gigroskopik namlikni aniqlash va hisoblash usulida olib
boriladi.
Mustaqil ishlash uchun savollar:
1. Tuproqning nam sig‘imi nima va u necha turga bo‘linadi?
2. Tuproq suv-fizik xossalarini dehqonchilik madaniyatiga ta’siri qanday?
3. Tuproq suv xossalari qaysi usullarda aniqlanadi?
4. Tuproqdagi foydali namning umumiy miqdori qanday hisoblanadi?
TUPROQ ISSIQLIK REJIMINI O’RGANISH USULLARI
Tuproqning issiqlik xossalari va rejimi haqida tushuncha hamda uning qishloq
xo‘jalik ekinlari uchun ahamiyati
Umumiy tushinchalar: Yer yuzasiga keladigan radiatsiya miqdoriga bog‘liq
holda tuproq yuzasining harorati o‘zgaradi. Tuproqdagi haroratning bir qismi
havoning quyi qatlamlarini isitishga, bir qismi tuproqdagi namni bug‘latishga, bir
qismi tuproqda o‘sadigan o‘simliklarni harorat bilan ta’minlashga va qolgan qismi
tuproqning ichki chuqur qismlarini isitishga sarflanadi.
Tuproq harorati radiatsiya balansiga bog‘liq. Tuproq yuzasining radiatsiya
balansi quyidagi qismlardan iborat:
B = LE + P + A
bu erda: L – bug‘ hosil bo‘lishi uchun sarf bo‘lgan yashirin issiqlik (o‘rtacha 2,5
ming J/g); E – bug‘lanish tezligi; P – yer yuzasi bilan atmosfera o‘rtasidagi turbulent
issiqlik almashinuvi; A–yer yuzasi bilan atmosferaning quyi qismi o‘rtasidagi
molekulyar issiqlik almashinuvi.
Tuproq harorati chuqurlikka mos ravishda isib boradigan bo‘lsa (kunduzi va
yozda) haroratning insolyatsiya tipi, aksincha, ya’ni tuproq yuzasi ichki qismlarga
nisbatan sovuqroq bo‘lsa, tuproq o‘zidagi issiqlikni atmosferaga beradi. Bunga tuproq
haroratining radiatsiya tarqatish tipi deyiladi.
Tuproq harorati o‘simliklar o‘sib rivojlanishining eng muhim omillaridan biri
hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimi shu joyda kechadigan biologik va kimyoviy
jarayonlarga ham bevosita ta’sir etadi. Tuproqda ma’lum harorat bo‘lgandagina