Page 26 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 26
tuproqning muhim agronomik xossalaridan biri, u tuproqning g‘ovak qovushmali va
serg‘ovak holatda bo‘lishini ta’minlaydi.
Tuproqning strukturaliligi mazkur xo‘jalik dehqonchilik madaniyatining
darajasini ko‘rsatadi.
Mustaqil ishlash uchun savollar:
1. Tuproq strukturasini tiklashning sun’iy tadbirlarga nimalar kiradi?
2. Tuproqning agregatlik holati qanday aniqlaniladi?
3. Tuproqning suvga chidamli agregatlarini qaysi usullarda aniqlaniladi?
4. Tuproqlardan qishloq xo‘jaligida strukturaning ahamiyati?
TUPROQ NAMLIGINI ANIQLASHDA ZAMONAVIY ASBOBLARDAN
FOYDALANISH
Tuproq namligini (NIV-2) namlikning neytron indikatori. Bu asbob yordamida
har xil chuqurlikdagi tuproq namligini statsionar sharoitda ko‘p vaqt ichida o‘lchab
turish mumkin.
Bu usulning asosiy vazifalari: katta tezlikda harakat qiladigan neytronlarning
vodorod yadrosi bilan munosabatiga asoslangan 2 xil neytron uslubi asoslanadi (5-
rasm):
1. Vodorod yadrosi harakatdagi neytronlarning tezligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
2. Umumiy tuproqlarda namlikning asosiy qismini vodorod ioni tashkil qiladi.
5-rasm. NIV-2 asbobining qisqacha tuzilishi quyidagicha:
1-impuls datchigi, 2-neytron manbasini ushlab turish moslamasi,
3-nazorat-kalibr moslamasi, 4-hisoblash moslamasi.
Har xil tuproq namligini o‘lchash uchun tuproq burlari yordamida chiqarib
olingan tuproqlar o‘rniga dyur alyuminiydan yasalgan trubalar joylashtiriladi (1, 2, 3,