Page 24 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 24

umumiy nom bilan kriliumlar deb yuritiladi. Krilium - 1952 yildan boshlab ishlab

            chiqarishga chiqqan. Krilium juda kichik miqdorda berilsa ham tuproq strukturasini
            yaxshilashga olib kelgan vositalaridan biri deb hisoblanadi. Tuproqni unumdorligini
            oshirib  beruvchi  ko‘rsatkich  gumus  deb  hisoblansa,  krilium  ham  tuproq  holatini
            barqarorlashtirib beradi, lekin u chirindi hamda azotni o‘rnini bosa olmaydi. Huddi

            shu  tarzda,  ular  mineral  o‘g‘itlarni  o‘rnini  ham  egallay  olmaydi,  chunki  ular
            o‘simliklarni  oziqlantirish  uchun  yaroqsiz,  lekin  krilium  tuproq  strukturasini
            yaxshilab  beradi.  Kriliumlar,  asosan,  uchta  organik:  akril kislota  (CH-CH-COOH),

            metakril  kislota  CH 2=C(CH 3)-COOH  va  malein  (COOH-CH-CH-COOH)
            kislotalaridan  hosil  qilingan  tipik  polimerlardir.  Kriliumlar  ta’sirida  paydo  bo‘lgan
            agregatlarni o‘rganish sohasida o‘tkazilgan ko‘pgina tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki,

            polimerlar  bilan  tuproq  zarrachalari  orasidagi  o‘zaro  kimyoviy  munosabat  tufayli
            struktura  hosil  bo‘ladi.  Strukturaning  suvga  chidamli  bo‘lishi,  kolloidlar
            koagulyasiyasi  tufaylidir.  Sun’iy  struktura  (krilium)  bundan  tashqari  biologik  faol

            hamda tarkibida ma’lum miqdorda oziq elementlarini saqlashi aniqlanadi.
                   V.R.Vershinin ma’lumoti bo‘yicha tarkibida 60% metaakril kislotasi va 40%
            metaakrilamid  kislotasi  bo‘lgan  sopolimerlardan  bir  gektar  maydonga  25-30  kg
            (tuproq og‘irligiga nisbatan 0,001%) solingan tuproqdagi suvga chidamli agregatlar

            miqdori  dastlabkisiga  nisbatan  uch  barobar  ko‘paygan.  Qumoq  va  soz  tuproqlarda
            krilium  (K-preparatlari)  ta’sirida  hosil  bo‘lgan  suvga  chidamli  strukturalar  3-5

            yilgacha, qumloq va qumli tuproqlarda esa bir yilgacha agregat holatini saqlab turadi.
            Ba’zi bir polimer preparatlari sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar sharoitida 0,25 mm dan
            katta agregatlar miqdori 70-80%gacha ko‘paytirilishi aniqlangan. Ana shunday yo‘l
            bilan  hosil  qilingan  suvga  chidamli  strukturalar,  tuproqning  suv-fizik  xossalarini,

            biologik  jarayonlarni  va  umuman  o‘simliklarning  oziq  rejimlarini  yaxshilaydi.
            Tuproqning  suv  va  shamol  eroziyasiga  qarshi  chidamliligini  bir  necha  barobar
            oshiradi.  Agronomik  nuqtai  nazardan  qimmatli  va  suvga  chidamli  bu  agregatlar

            tuproqning  suv,  havo  xossalarini  yaxshilaydi,  mikrobiologik  jarayonlarning
            rivojlanishiga, oziq rejimining qulay bo‘lishiga va ekinlar hosilining ortishiga ijobiy
            ta’sir ko‘rsatadi.

                   Tuproqning  agrofizik  holatlarini  yaxshilash  hamda  unumdorligini  oshirish
            maqsadida  O‘zbekiston  fanlar  akademiyasiga  qarashli  Kimyo  instituti  tomonidan
            ishlab  chiqilgan  “K”  seriyali  polimerlardan  foydalanish  borasida  professor

            V.B.Gussak  rahbarligida  Q.Mirzajonov,  K.Paganyas,  X.Maxsudov  va  boshqalar
            ko‘pgina  tajribalar  o‘tkazganlar.  Olingan  ma’lumotlar  sug‘oriladigan  bo‘z
            tuproqlarda, taqir va taqirsimon yerlarda “K” seriyali preparatlarni qo‘llab 0,25 mm
            dan yirik agregatlar miqdorini 80 % gacha ko‘paytirish va sug‘orishga sarflanadigan

            suvni ancha tejash hamda ekinlar hosildorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatdi.
   19   20   21   22   23   24   25   26   27   28   29