Page 21 - 2022 - yillik hisobot
P. 21
Derivativlar bozori
Valyuta bozori ishtirokchilarining valyuta fyuchers shartnomalari bilan operatsiyalarni amalga
oshirishda amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida hisobot yilining 6-24-iyun kunlari O‘zRVB savdo
platformasida valyuta fyucherslari bo‘yicha eng yaxshi treyder tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga O‘zRVBning
maxsus sertifikatlari va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
2022-yil 3-oktabrdan O‘zbekistonda ilk bor O‘zRVBning “Rhombus derivatives” platformasida ikki
tomonlama uzluksiz auksion usulida valyutaviy fyuchers shartnomalari savdosi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,
ularning bazaviy aktivi AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi etib belgilandi.
Bozor ishtirokchilariga taklif etilayotgan yangi instrument nafaqat valyuta kursining o‘zgarishi
bilan bog‘liq tashqi va ichki xatarlarni kamaytirish, balki valyuta kursining o‘zgarishidan daromad olish
va yangi hosilaviy instrumentlarni joriy etish imkonini beradi.
Savdo hajmini oshirish va uzluksiz likvidlikni ta’minlash maqsadida 2022-yil 1-dekabrdan boshlab
ushbu bozorda ilk market-meykerlar – “Kapitalbank” ATB va “Ipak yo‘li” AITB o‘z faoliyatini boshladi.
Market-meykerning vazifalariga bozorda doimiy kunlik likvidlikni ta’minlash, savdolar davomida
ma’lum miqdordagi fyuchers shartnomalarini sotib olish va sotish bo‘yicha ikki tomonlama
kotirovkalarning minimal umumiy hajmini saqlab turish kiradi.
Shuni ta’kidlash joizki, mazkur instrumentning jozibadorligini oshirish maqsadida valyuta
fyucherslari savdosi ishtirokchilari 2023-yil 1-mayga qadar vositachilik mukofotini to‘lashdan ozod etildi.
Kadrlar siyosati
O‘zRVBning kadrlar siyosati quyidagi asosiy yo‘nalishlardagi masalalarni hal qilishga qaratilgan:
ARRO kadrlarni tanlash va rag‘batlantirish, yuqori malakali mutaxassislarni saqlab qolish;
ARRO kadrlarni kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish;
ARRO xodimlarning salohiyatini ochishga, ijobiy natijalarga erishishga va tashkilotning strategik
maqsadlariga erishishga ko‘maklashuvchi korporativ madaniyatni takomillashtirish.
Xodimlarning kasbiy va shaxsiy fazilatlariga ko‘ra tanlash va joylashtirish, bilim va tajribaning
uzluksizligi, ma’lum bir lavozimga mos keladigan xodimlarning imkoniyatlarini aniqlash, xodimlar
sodiqligini oshirish va kadrlar almashinuvi darajasini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasini
ishlab chiqish samarali kadrlar siyosatining asosiy tamoyillari hisoblanadi.
O‘zRVBda amalga oshirilayotgan kadrlar siyosati doirasida 2022-yilda quyidagi ishlar davom ettirildi:
ARRO O‘zRVB faoliyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasiga mutanosib ravishda xodimlarni rag‘batlantirish
va mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish;
ARRO O‘zRVBning kadrlar salohiyatini rivojlantirish va rag‘batlantirish, Odob-ahloq va korporativ axloq
kodeksini joriy etish;
ARRO kadrlar strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ARRO mas’ul xodimlarning, shu jumladan korporativ boshqaruv sohasida muntazam ravishda malakasini
oshirish;
ARRO birja savdolarini rivojlantirishda yetakchi xorijiy birja va moliya tashkilotlari bilan tajriba almashish.
21