Page 20 - 2022 - yillik hisobot
P. 20
Qarz bozori
Hisobot yilida mamlakatimiz kapital bozori tarkibining muhim bo‘g‘ini sifatida DQQ bozorini
yanada rivojlantirish bo‘yicha ham muayyan ishlar amalga oshirildi.
Bunda, tegishli qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi
norezidentlari, shuningdek, jismoniy shaxslar DQQni sotib olish huquqiga ega bo‘ldilar.
Ushbu o‘zgarishlar DQQ ikkilamchi bozorini faollashtirish va investorlarning keng doirasini
jalb qilish, shuningdek, investorlarga turli moliyaviy instrumentlarga mablag‘ kiritish va shu orqali
qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.
Ta’kidlash joizki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki xorijiy investor sifatida ilk bor DQQni
O‘zRVB dileri – “Asaka bank” ATB orqali xarid qildi.
Shuningdek, birlamchi va ikkilamchi dilerlar instituti DQQ bozorida o‘z faoliyatini boshladi va
respublikaning 9 ta yetakchi tijorat banklari birlamchi diler maqomiga ega bo‘ldi.
O‘zRVB faoliyatida kuponli va diskontli DQQ bo‘yicha hisoblash uchun mo‘ljallangan xalqaro
tajribada qo‘llanilib kelinayotgan effektiv daromadlilikni hisoblash formulalaridan foydalanish
hamda kupon foiz to‘lovlari to‘lab berilishi davri har olti oyda amalga oshirilishi amaliyoti joriy qilindi.
Likvidlikni ta'minlash va savdo hajmini oshirish maqsadida DQQ ikkilamchi bozori va REPO
operatsiyalari bo‘yicha market-meykerlar faoliyati joriy etildi. Shu bilan birga, REPO operatsiyalarining
jozibadorligini yanada oshirish maqsadida ushbu operatsiyalar ishtirokchilari 2023-yil 1-mayga qadar
vositachilik mukofotini to‘lashdan ozod etildi.
Shu bilan birga, hisobot yili davomida Moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan DQQning
quyidagi turlari ilk bor O‘zRVB platformasida joylashtirildi:
ARRO muomala davri 10-yil bo‘lgan 10 mlrd. so‘mlik uzoq muddatli DQQ. Ushbu instrument
bozorda “benchmark” yaratish imkonini beradi, shuningdek, sug‘urta kompaniyalari va pensiya
jamg‘armalarini jalb qilish orqali investorlar bazasini kengaytirishga ko‘maklashadi;
ARRO muomala davri 2-yil bo‘lgan 106,3 mlrd. so‘m miqdorida inflyatsiyaga bog‘langan DQQ. Ushbu
investitsiya vositasi inflyatsiya bilan bog‘liq yo‘qotishlarga qarshi himoya vositasi hisoblanadi, bu esa
investorlarga inflyatsiya xatarlaridan himoyalanish imkonini beradi;
ARRO infratuzilmani rivojlantirishni maqsadli moliyalashtirish uchun muomala davri 5-yil bo‘lgan
149,7 mlrd. so‘mlik DQQ. Ushbu qimmatli qog'ozlar infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish va
uzoq muddatli mablag‘larni jalb qilish uchun byudjet taqchilligini qoplash imkonini beradi, bu, o‘z
navbatida, institutsional investorlar uchun DQQ jozibadorligini oshiradi.
Shuningdek, Moliya vazirligi hamda O‘zRVB rasmiy veb-saytlarida DQQni chiqarish grafigini
oldindan e’lon qilish hamda ushbu bozorda auksionlarni haftaning belgilangan kuni va vaqtida
o‘tkazish amaliyoti joriy etildi.
DQQ bilan masofadan turib savdo qilish va bozorda zarur birja ma’lumotlarini olish imkonini
beruvchi O‘zRVBning “UzCE mobile GB” mobil ilovasi ishga tushirilganligi hisobot yilining muhim
voqeasi bo‘ldi. Mazkur mobil ilova yuklab olish uchun AppStore va PlayMarket ga joylashtirildi.
20