Page 17 - 2022 - yillik hisobot
P. 17

2022-YIL UCHUN

                                            RIVOJLANISH STRATEGIYASI







               Birja faoliyatini yanada takomillashtirish, shu jumladan tashkilotning potensial
               imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mavjud birja instrumentlarini ilgari surish va joriy
               etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish
               belgilangan:




                     valyuta bozori bo‘yicha

                      turli valyuta juftliklari bilan, shu jumladan milliy valyuta ishtirokida savdolarni tashkil
                      etish orqali valyuta bozori instrumentlarini diversifikatsiya qilish;

                      valyutaviy svop instrumentini yanada targ‘ib etish uchun shart-sharoitlar yaratish va
                      bozor ishtirokchilariga yangi strategiyalar taqdim etish;

                      market-meykerlar faoliyatini rivojlantirish;

                      valyuta bozorida xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan kurslari bo‘yicha fyucherslarini
                      ishlab chiqish va joriy etish.



                     pul bozori bo‘yicha

                      REPO  operatsiyalarini,  shu  jumladan  dilerlararo,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  va  teskari  REPO
                      operatsiyalarini yanada ommalashtirish.



                     qarz bozori bo‘yicha


                      turli  DQQ,  jumladan  uzoq  muddatli  (5-10-yil)  qimmatli  qog‘ozlarni,  inflyatsiyaga
                      bog‘langan shuningdek infratuzilmani rivojlantirishni maqsadli moliyalashtirish uchun
                      DQQ chiqarishlarini  joylashtirish orqali instrumentlar qatorini kengaytirish;

                      pul bozorining “benchmark”ini shakllantirish maqsadida turli muomala davriga ega
                      DQQni chiqarish chastotasi va hajmini oshirish, shuningdek, yil davomida DQQni
                      chiqarish jadvalini e’lon qilib borish;



                     boshqa tadbirlar

                      savdo tizimlarini turli valyutalar ishtirokida yangi birja instrumetlarini joriy etishga
                      tayyorlab borish;

                      “market-data”ni, shu jumladan, Refinitiv va Bloomberg axborot-tahlil terminallari orqali
                      uzatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;




                                                                                                              17
   12   13   14   15   16   17   18   19   20   21   22