Page 16 - 2022 - yillik hisobot
P. 16

2022-YIL UCHUN

                        ASOSIY MAQSAD VA VAZIFALAR








                2022-yilda O‘zRVB faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadlari, vazifalari va ustuvor
            yo‘nalishlari  Ustavga,  Rivojlanish  strategiyasi  va  korporativ  boshqaruv  kodeksiga  muvofiq
            belgilangan.
                O‘zRVBning strategik maqsadlarini aniqlashda uning potensial imkoniyatlari, tashkilotning
            yanada rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tashqi va ichki omillar hisobga olingan.




                                O‘zRVB faoliyatining 2022-yilga mo‘ljallangan
                               asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilangan:




               CHEC  amaldagi birja instrumentlarini targ‘ib etish va yangi instrumentlarni joriy etish uchun
               shart-sharoitlar yaratish;

               CHEC  axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va birja infratuzilmasini, post-treyding
               xizmatlarini yanada rivojlantirish;

               CHEC  birja bozorining barcha segmentlarida savdo hajmlarining bir me’yorda o‘sish
               sur’atlarini ta’minlovchi faoliyatni rivojlantirish ijobiy tendensiyalarni saqlab qolish;


               CHEC  ilg‘or korporativ boshqaruv amaliyotlarini joriy etish orqali biznes jarayonlarini
               optimallashtirish;

               CHEC  yuqori moliyaviy ko‘rsatkichlarga erishish va xarajatlarni optimallashtirishga qaratilgan
               samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun sharoit yaratish;

               CHEC  xatarlarni boshqarish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga
               oshirish;


               CHEC  kadrlar bilan ta’minlashning barqaror tizimini rivojlantirish, mutaxassislarni tayyorlash,
               ularning malakasini oshirishni tizimlashtirish;

               CHEC  O‘zRVBning xorijiy hamkorlari bilan imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi
               memorandumlar doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish, yangi salohiyatli hamkorlar
               bilan aloqalarni rivojlantirish;

               CHEC  kommunikatsiyalarni rivojlantirish va jamoatchilik bilan aloqalarni kengaytirish
               bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish.







         16
   11   12   13   14   15   16   17   18   19   20   21