Page 11 - 2022 - yillik hisobot
P. 11
Bozorlarimiz ishtirokchilari faolligi oshishi tufayli 2022-yilda barcha birja segmentlaridagi
savdolar hajmi rekord darajaga yetib 706,79 trln. so‘mni tashkil etdi.
Shu bilan birga, valyuta bozoridagi savdolarning umumiy hajmi 2021-yilga nisbatan
1,5 barobarga oshib, 338,34 trln. so‘mni tashkil etdi, pul bozoridagi hajmlar o‘tgan yildagi
ko‘rsatkichlarga nisbatan 92,75 foizga, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida esa 3 barobarga
oshib, mos ravishda 270,61 va 97,84 trln. so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, O‘zRVBda joriy etilgan HR-strategiya, amalga oshirilayotgan kadrlar siyosati
muvaffaqiyatli rivojlanishning muhim omili bo‘lib xodimlarning ko‘p qirrali salohiyatini ochish va
ularning uzluksiz malakasini oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Xalqaro hamkorlik sohasida O‘zRVB yetakchi xorijiy birjalar va xalqaro moliya institutlari
bilan birja faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Bundan tashqari, hisobot davrida O‘zRVB bir qator nufuzli xalqaro forum va konferensiyalarda
ham ishtirok etdi. Tadbirlar davomida ishtirokchilar O‘zRVB imkoniyatlari, ko‘rsatilayotgan
xizmatlar, birja instrumentlari qatori, birjaga a’zolik va savdolarda qatnashish shartlari bilan
tanishdilar hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
2022-yilda O‘zRVB o‘z faoliyatini birja xizmatlarini yanada takomillashtirish, birja mahsulotlari
turlarini kengaytirish, sugʻurta va investitsiya biznesi vakillarini OʻzRVB bozorlariga jalb qilish,
OʻzRVB xodimlarining, shuningdek, birja bozorlari ishtirokchilarining malakasini oshirish
masalalarini qamrab olgan 2019-2023-yillarga mo‘ljallangan Rivojlanish strategiyasi doirasida
davom ettirdi.
2023-yilda O‘zRVB faoliyat samaradorligiga erishish, raqobatbardoshlikni oshirish va
O‘zRVBning ichki va xalqaro bozorlardagi mavqeini yuksaltirish maqsadida rivojlanishning
strategik yo‘nalishlariga muvofiq faoliyatini davom ettiradi.
O‘zRVB kapital bozori infratuzilmasining asosiy ishtirokchisi sifatida yangi ilg‘or
texnologiyalarni rivojlantirishga, xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan o‘z zamonaviy
va ishonchli axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda biznes
jarayonlarini va birja savdolarini yanada avtomatlashtirishga alohida e’tibor qaratadi.
Bizning sa’y-harakatlarimiz faoliyatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari qatorida birja
xodimlarining, shu jumladan korporativ boshqaruv sohasida malakasini oshirish yo‘nalishiga,
kadrlar tayyorlash va ularning uzluksizligi tizimini takomillashtirish, istiqbolli yosh mutaxassislarni
o‘qitishni tashkil etish yo‘nalishlariga qaratilgan .
Shu munosabat bilan, 2023-yilda birja turli xil aloqa shakllari – ommaviy axborot vositalari va
ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlar, teleko‘rsatuvlar, birja sohasini rivojlantirish bo‘yicha seminarlar
va vebinarlar yordamida savdo ishtirokchilari hamda keng jamoatchilikning moliyaviy
savodxonligini oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.
Bu yo‘nalishda yetakchi oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali o‘qituvchilari, birja
va bank-moliya sohasi mutaxassislarini jalb etgan holda O‘quv markazini tashkil etish ham
rejalashtirilgan. Shuningdek, talabalar va amaliyot otuvchilarning O‘zRVBda birja faoliyatining
o‘ziga xos xususiyatlari, birja savdolarini o‘tkazish mexanizmi bilan tanishish maqsadida,
jumladan, birja simulyatorida ham amaliyot o‘tashi ko‘zda tutilgan.
11