Page 8 - 2022 - yillik hisobot
P. 8
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKA
VALYUTA BIRJASI” AJ KUZATUV
KENGASHI RAISINING
MUROJAATI
B. Abubakirov
O‘zRVB Kuzatuv kengashi raisi
Hurmatli aksiyadorlar, hamkasblar, hamkorlar!
E’tiboringizga “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJning 2022-yil uchun yillik hisobotini
taqdim etishdan mamnunman.
Hisobot yilida O‘zRVB xizmatlar turlarini kengaytirish, shuningdek hamkorlar va savdo
ishtirokchilari oldidagi majburiyatlarni bajarish maqsadida biznes-jarayonlarning uzluksizligi
bo‘yicha faoliyatni davom ettirdi.
O‘zRVB Kuzatuv Kengashining ustuvor vazifalari tashkilotning barqaror rivojlanishini,
uning faoliyatining ishonchliligi va uzluksizligini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
Kuzatuv kengashi O‘zRVBni aksiyadorlik jamiyati sifatida boshqarish masalalarida
Qonunchilik talablariga rioya etish, shuningdek, O‘zRVBning Rivojlanish strategiyasi doirasida
tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha muayyan ishlarni amalga oshirdi.
2022-yil 30-iyun kuni onlayn tarzda o‘tkazilgan 2021-yil yakunlari bo‘yicha O‘zRVB
aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishida Kuzatuv kengashi va Ijroiya organining hisobotlari
tinglandi, shuningdek, biznesni rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan boshqa masalalar
ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
O‘zRVBning Rivojlanish strategiyasi doirasida savdo-dasturiy komplekslarni modernizatsiya
qilish ishlari amalga oshirildi, respublikada ilk bor markaziy kontragent xizmatlari, davlat
qimmatli qog‘ozlari va derivativlar bozorlarida market-meykerlar faoliyati joriy etilib, fyuchers
shartnomalari bilan savdolar tashkillashtirildi hamda davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida
savdolarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mobil ilova foydalanishga topshirildi.
2022-yil yakunlariga ko‘ra O‘zRVB ijobiy operatsion va moliyaviy natijalarga erishganligini
alohida ta'kidlash lozim. Birja infratuzilmasini takomillashtirish, instrumentlar qatorini
8