Page 10 - 2022 - yillik hisobot
P. 10

BOSH DIREKTORNING

                        MUROJAATI


















                                         Rashid Usmanov

                                         O‘zRVB Bosh direktori














                Hurmatli aksiyadorlar, hamkasblar!

                2022-yilda O‘zRVB rivojlanish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha vazifalarni
            amalga oshirish doirasida birja bozorlarini diversifikatsiya qilish, zamonaviy korporativ boshqaruv
            usullarini, ilg‘or birja mexanizmlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish,
            shuningdek, samarali kadrlar siyosatini yuritish doirasida faoliyatni amalga oshirib keldi.

                Biz birja  bozorlarimizni  yanada rivojlantirishni  davom ettirdik  va xizmatlarimizni sifatli
            va  uzluksiz  taqdim  etishni  ta'minlagan  holda  birja  savdolari  hajmi  rekord  darajada  oshishiga
            erishdik.

                Ijobiy o‘zgarishlar O‘zRVBning diversifikatsiyalashgan birja instrumentlaridan foydalanishda
            hajmlar o‘sishi hamda ishtirokchilar faollashishi, shuningdek, birja bozorlari ishtirokchilari uchun
            qulay shart-sharoitlar yaratish va yangi savdo strategiyalarini taqdim etish bilan bog‘liq.
                Ushbu strategiyalar doirasida biz 2022 yilda mamlakatda ilk bor valyuta fyuchers
            shartnomalari savdosini yo‘lga qo‘ydik, markaziy kontragent va likvidlik provayderlari faoliyatini
            muvaffaqiyatli joriy etdik, bu esa defoltni boshqarishning samarali tizimini yaratish va risklarni
            boshqarish mexanizmlarini kengaytirishga imkon yaratdi.
                Shuningdek, valyuta fyuchers bozori va davlat qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozorida
            market-meykerlar faoliyati joriy etildi.

                Bugungi kunda O‘zRVB so‘zsiz likvidlik markazi va resurslarni jalb qilish uchun asosiy savdo
            platformasi hisoblanadi va hisobot yilida savdolar hajmi sezilarli darajada oshgani shundan
            dalolat beradi.





         10
   5   6   7   8   9   10   11   12   13   14   15