Page 15 - 2022 - yillik hisobot
P. 15

O‘zRVB o‘z maqsadlariga erishish uchun
                  quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritadi:



                  ›  quyida keltirilgan turdagi savdolarni tashkil etish va o‘tkazish:

                      CARE chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha banklararo birja savdolari;

                      CARE davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ) birlamchi savdolari va ikkilamchi muomalasi;

                      CARE tijorat banklari mablag‘larini jalb qilish va joylashtirish bo‘yicha banklararo savdolar;

                      CARE Markaziy bankning tijorat banklari bilan depozit auksionlari;

                      CARE hosilaviy moliyaviy instrumentlar (derivativlar) bilan birja savdolari;

                  ›  DQQni saqlash va ularga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish;

                  ›  milliy va xorijiy valyutadagi birja operatsiyalari bo‘yicha kliring va hisob-kitoblarni
                       amalga oshirish;

                  ›  birja mahsulotlarining talab va taklif nisbati asosida ularning kotirovkalarini

                       (narxlarini) belgilash, chet el valyutasi bilan savdolarda milliy valyutaning chet el
                       valyutasiga nisbatan kursini belgilash;

                  ›  birja bozori ko‘rsatkichlarini shakllantirish va ularni muntazam ravishda
                       O‘zRVB rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib borish;

                  ›  O‘zRVB a’zolari uchun majburiy bo‘lgan birja savdolari qoidalarini, shuningdek
                       namunaviy shartnomalar va tuzilgan bitimlarni rasmiylashtirish uchun standart
                       hujjatlar shakllarini ishlab chiqish;

                  ›  O‘zRVB treyderlari kasbiy malakasini yuqori darajada saqlash uchun sharoit yaratish;

                  ›  birja savdolari ishtirokchilarini birja savdolari natijalari to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar

                       bilan ta’minlash, ularga zarur maslahat va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish;

                  ›  O‘zRVBning samarali faoliyat yuritishi uchun dasturiy ta’minot va avtomatlashtirilgan
                       majmualarni ishlab chiqish va joriy etish.























                                                                                                               15
   10   11   12   13   14   15   16   17   18   19   20