Page 12 - 2022 - yillik hisobot
P. 12
Kelgusi yilda biz oʻrta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan yangi Rivojlanish strategiyasini ishlab
chiqishni rejalashtirdik va unda birja faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish,
shu jumladan birja xizmatlari ko‘lamini kengaytirish, birjaning barcha segmentlarida likvidlikni
oshirish va xorijiy investorlarning keng doirasini, shuningdek, rezident jismoniy shaxslarni ichki
kapital bozoriga jalb qilish, O‘zRVBning yangi dasturiy mahsulotlarini joriy etish va rivojlantirish
kabi masalalar o‘z o‘rnini topadi.
2022-yilda birja o‘zining 30-yilligini nishonladi. O‘tgan yillar davomida O‘zRVB salmoqli
muvaffaqiyatlarga erishdi, mahalliy birja sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish
uchun yetarli tajriba, salohiyat va bilimga ega bo‘ldi.
Samarali faoliyat, hamkorlik va birja infratuzilmasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun
barcha aksiyadorlarimizga, tashkilotimiz a’zolariga, barcha xodimlar va hamkorlarga chuqur
minnatdorchiligimni bildiraman. Umid qilamanki, 2022-yilda erishilgan natijalar birja bozori va
butun O‘zbekiston kapital bozorini yanada rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
12