Page 9 - 2022 - yillik hisobot
P. 9

kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuqori miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlariga
            erishishga imkon berdi.

                Bozor ishtirokchilarining faolligi oshgani tufayli, 2022-yilda barcha birja segmentlari
            bo‘yicha savdolar umumiy hajmi 706,79 trln. so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, O‘zRVB sof
            foydasi 51,44 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2022-yilgi biznes-rejadagi prognoz ko‘rsatkichga
            nisbatan 33,42 mlrd. so‘mga yoki 185,55% ga oshdi.

                2021-yil yakunlari bo‘yicha olingan sof foydaning bir qismi aksiyadorlar o‘rtasida
            belgilangan  muddatlarda  va  to‘liq  hajmda  dividend  sifatida  taqsimlandi,  boshqa  qismi  esa
            O‘zRVB savdolarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish kafolat fondini to‘ldirish
            uchun yuborildi.
                2022-yilda Kuzatuv Kengashining faoliyati O‘zRVBni umumiy boshqarish va rivojlantirish,
            Ijroiya organining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishga qaratilgan bo‘lib, uning doirasida
            Ijroiya organining tasdiqlangan biznes-reja bajarilishi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlari, ichki
            audit xizmatining tekshiruvlari natijalari ko‘rib chiqilgan bo‘lib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

                Kuzatuv Kengashi yig‘ilishlarida xizmatlar turlarini rivojlantirish va kengaytirish, birja
            instrumentlarini  diversifikatsiya  qilish,  mavjud  dasturiy  mahsulotlarni  modernizatsiya  qilish
            va yangi mahsulotlarni joriy yetish, ichki hujjatlarni, shu jumladan birja savdo qoidalarini
            takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim qarorlar qabul qilindi.

                Yaqin istiqbolda O‘zRVB birja instrumentlari turlarini kengaytirish, investorlar keng
            doirasini, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb qilish orqali birja bozorlarining jozibadorligi va
            likvidligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

                Bundan tashqari, xorijiy kastodian-banklar va investorlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish,
            ularning davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida ishtirokini ta’minlash va O‘zRVBni SWIFT xalqaro
            hisob-kitob tizimiga ulash orqali savdo natijalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish
            ishlari davom ettiriladi.
                Shuningdek, markaziy kontragent faoliyatini yanada takomillashtirish, savdo-dasturiy
            komplekslarni va butun infratuzilmani modernizatsiyalash ham ko‘zda tutilgan.
                Ishonchimiz komilki, 2022-yilda qabul qilingan strategik qarorlar mamlakat ichki kapital
            bozori va butun bank-moliya tizimi infratuzilmasining asosiy va muhim bo‘g‘inlaridan biri
            sifatida O‘zRVBni yanada strategik rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi.
                Kuzatuv  kengashining  barcha  aʼzolariga  tashkilot  rivojiga  qoʻshgan  shaxsiy  hissasi  va
            Kuzatuv kengashi ishidagi faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiraman.

                Shuningdek, O‘zRVB a’zolariga, aksiyadorlarga bildirilgan ishonch va ko‘mak uchun,
            birja  xodimlariga  samarali  va  yuqori  malakali  mehnatlari  uchun  o‘z  minnatdorchiligimni
            bildiraman. Bu biz uchun sezilarli natijalarga erishish va kelajak uchun kuchli poydevor
            yaratish imkoniyatini berdi.

















                                                                                                               9
   4   5   6   7   8   9   10   11   12   13   14